Barcha maqolalar

ISPAN VA PORTUGAL TILLARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING LINGVISTIK IFODASI

Mazkur maqolada ispan va portugal tillarida milliy-madaniy konseptlarning lingvistik ifodalanish xususiyatlari qiyosiy-lingvistik va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi til va madaniyatning uzviy munosabati, milliy dunyoqarashning leksik, frazeologik, paremiologik hamda metaforik birliklarda namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Tadqiqotda ispan va portugal tillarida “uy/oila”, “mehnat”, “omad”, “do‘stlik”, “din”, “Vatan”, “insoniy munosabatlar” kabi milliy-madaniy mazmunga ega konseptlarning lingvistik ifodasi tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi qiyosiy, tavsifiy, semantik, lingvomadaniy, konseptual va kontekstual tahlil usullarini o‘z ichiga oladi. Tahlil natijalari ispan va portugal tillarida umumiy tarixiy va madaniy tajriba natijasida o‘xshash konseptual modellar mavjudligini, biroq ularning konkret lingvistik realizatsiyasi, metaforik obrazlari, pragmatik xususiyatlari va milliy assotsiatsiyalarida sezilarli tafovutlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, paremiologik birliklar milliy dunyoqarashni ifodalovchi muhim til vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, tarjimashunoslik va ispan hamda portugal tillarini o‘qitish metodikasi uchun amaliy ahamiyatga ega.

204
27.09.2026

БЎЛАЖАК ЎҚИТУВЧИЛАРДА КАСБИЙ МОТИВАЦИЯНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ

Мазкур мақолада бўлажак чет тили ўқитувчиларида касбий мотивацияни ривожлантиришга хизмат қиладиган психологик шарт-шароитлар муаллифнинг шахсий тадқиқот доирасида ишлаб чиқилган тўрт блокли (мотивацион, мазмуний, жараёнли, натижавий) педагогик модель асосида таҳлил қилинади. Мақолада касбий мотивациянинг психологик механизмлари алоҳида-алоҳида санаб ўтилмасдан, балки улар ўртасидаги ички боғлиқлик ва педагогик амалиёт жараёнидаги конкрет намоён бўлиш шакллари орқали ёритилади. Таклиф этилаётган концептуал жадвал ҳар бир психологик шартнинг тегишли педагогик блокда қандай амалий кўринишга эга бўлишини кўрсатади, бу эса назарий таҳлилни амалиётга яқинлаштиради.

145
27.09.2026

MENTALITET TRANSFORMATSIYASIDA MILLIY XARAKTERGA TA’SIRI

Ushbu moqala O‘zbekiston jamiyati modernizasiyasida mentalitet transformatsiyada milliy xarakterini shakllantirishda shaxsning “ijtimoiy qiyofa”si va “ma’naviy qiyofa”si jamiyat taraqqiyotida katta ahamiyatga ega ekanligi asoslash. Shuningdek, insonning ma’naviy qiyofasi bu insonning ichki dunyosi, axloqiy fazilatlari, e’tiqodi, dunyoqarashi, odob-axloqi, vijdoni va boshqalarga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi ma’naviy xususiyatlar majmuasidir. U insonning fikri, so‘zi va amallarida namoyon bo‘lishi ochib berish.

365
25.08.2026

INSON RESURSLARI VA MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISHNING IQTISODIY MOHIYATI

Mazkur maqolada inson resurslari va mehnat resurslarini boshqarishning iqtisodiy mohiyati, ularning nazariy-uslubiy asoslari va bir-biridan farqlovchi jihatlari tahlil qilingan. Klassik va zamonaviy iqtisodiy maktablarning ushbu tushunchalarga bo‘lgan yondashuvlari umumlashtirilib, inson resurslarini boshqarish jarayonining tarkibiy bosqichlari ilmiy asoslangan holda tizimlashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va bandlik bozorining so‘nggi yillardagi dinamikasi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, jadval va diagrammalar orqali vizuallashtirilgan. Xorijiy mamlakatlarning inson resurslarini boshqarish tajribasi qiyosiy tahlil etilgan hamda milliy iqtisodiyot sharoitida ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

0
25.08.2026

INSON RESURSLARI VA MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISHNING IQTISODIY MOHIYATI

Mazkur maqolada inson resurslari va mehnat resurslarini boshqarishning iqtisodiy mohiyati, ularning nazariy-uslubiy asoslari va bir-biridan farqlovchi jihatlari tahlil qilingan. Klassik va zamonaviy iqtisodiy maktablarning ushbu tushunchalarga bo‘lgan yondashuvlari umumlashtirilib, inson resurslarini boshqarish jarayonining tarkibiy bosqichlari ilmiy asoslangan holda tizimlashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va bandlik bozorining so‘nggi yillardagi dinamikasi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, jadval va diagrammalar orqali vizuallashtirilgan. Xorijiy mamlakatlarning inson resurslarini boshqarish tajribasi qiyosiy tahlil etilgan hamda milliy iqtisodiyot sharoitida ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

0
25.08.2026

INSON RESURSLARI VA MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISHNING IQTISODIY MOHIYATI

Mazkur maqolada inson resurslari va mehnat resurslarini boshqarishning iqtisodiy mohiyati, ularning nazariy-uslubiy asoslari va bir-biridan farqlovchi jihatlari tahlil qilingan. Klassik va zamonaviy iqtisodiy maktablarning ushbu tushunchalarga bo‘lgan yondashuvlari umumlashtirilib, inson resurslarini boshqarish jarayonining tarkibiy bosqichlari ilmiy asoslangan holda tizimlashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va bandlik bozorining so‘nggi yillardagi dinamikasi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, jadval va diagrammalar orqali vizuallashtirilgan. Xorijiy mamlakatlarning inson resurslarini boshqarish tajribasi qiyosiy tahlil etilgan hamda milliy iqtisodiyot sharoitida ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

0
25.08.2026

SPORT VA SOG‘LOMLASHTIRUVCHI GURUH FUTBOLCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH

Mazkur maqolada tayyorgarlik davrining umumtayyorlov bosqichida 16 yoshli futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonida jismoniy yuklamalarning hajmi va intensivligini ilmiy asosda optimallashtirishning futbolchilarning tezkorlik, kuch, chidamlilik va umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilingan. Olingan natijalar mashg‘ulot yuklamalarini individual xususiyatlar hamda tayyorgarlik bosqichiga mos ravishda rejalashtirish sport natijadorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

338
01.08.2026

MARTIN HEIDEGGERNING "GUMANIZM HAQIDA XAT" ASARINDAGI BORLIQ VA INSONIYAT O'RTASIDAGI MUNOSABAT

Maqolada Martin Xaydeggerning "Gumanizm haqida maktub" asaridagi borliq va inson o'rtasidagi munosabatlar muammosi tahlil qilinadi. An’anaviy insonparvarlik tanqidining falsafiy asoslari, inson mohiyatini anglashning o‘ziga xos xususiyatlari va tilning Borliqning namoyon bo‘lish maydoni sifatidagi roli o‘rganiladi. Inson borliqning markazi sifatida emas, balki borliq haqiqatini saqlashga chaqirilgan shaxs sifatida qaralishi ko'rsatilgan. Tahlilning germenevtik va qiyosiy-falsafiy usullaridan foydalaniladi. Tadqiqot natijalari global o'zgarishlar kontekstida inson o'ziga xosligi va ma'naviy qadriyatlarni zamonaviy tushunish uchun Xaydegger g'oyalarining dolzarbligini ko'rsatadi. Kalit so'zlar: Borliq, inson, gumanizm, til, borliq, Xaydegger, falsafiy antropologiya.

386
01.08.2026

TARIX DARSLARIDA RAQAMLI BAHOLASH VOSITALARIDAN FOYDALANISH: PLICKERS PLATFORMASI MISOLIDA

Mazkur maqolada tarix darslarida o‘quvchilar bilimini tezkor va xolis baholashda raqamli baholash vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Xususan, Plickers platformasining ishlash mexanizmi, undan tarix fanini o‘qitishda foydalanish metodikasi, afzalliklari va ayrim cheklovlari tahlil qilingan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, taqqoslash va namunaviy dars vaziyatini modellashtirish usullaridan foydalanildi. “Amir Temur davlati”, “Birinchi jahon urushi”, “Ikkinchi jahon urushi” hamda “O‘rta asrlarda Yevropa” mavzulari misolida Plickers yordamida formatif baholashni tashkil etish bosqichlari ishlab chiqildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, platforma o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, mavzuni o‘zlashtirish darajasini real vaqt rejimida aniqlash, individual natijalarni saqlash va o‘qituvchining keyingi pedagogik qarorlarini asoslash imkonini beradi. Plickers o‘quvchilardan alohida mobil qurilma talab qilmasligi sababli texnik imkoniyatlari cheklangan sinflarda ham foydalanish mumkin bo‘lgan qulay raqamli baholash vositasi hisoblanadi.

326
28.07.2026

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ALISHER NAVOIY G‘AZALLARINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI VA NAZARIY ASOSLARI XUSUSIDA

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida, xususan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 4-umumta'lim maktabi tajribasi misolida, Alisher Navoiy g‘azallarini o‘qitishning o‘ziga xos muammolari, nazariy asoslari va innovatsion yechimlari xalqaro IMRaD (Introduction, Methods, Results, and Discussion) standarti asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning mumtoz matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida interfaol pedagogik texnologiyalar, maxsus lug‘at bilan ishlash tizimi hamda kognitiv yondashuvlar sinovdan o‘tkazildi. Olingan natijalar an’anaviy yod oldirish metodikasidan ko‘ra, tahliliy-mantiqiy yondashuv samaradorligi yuqori ekanligini ko‘rsatdi.

306
24.07.2026

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

This article analyzes the pedagogical foundations of the development of legal culture of students in higher educational institutions from a scientific, theoretical and practical point of view. The study highlights the content and essence of legal culture, its role in the comprehensive development of the student's personality, and pedagogical factors that serve to form legal consciousness and legal thinking in the modern education system. It also reveals the importance of introducing innovative pedagogical technologies into the educational process, a competency-based approach, interactive teaching methods, and spiritual and educational activities in the development of legal culture. The article develops scientific and practical recommendations aimed at increasing the effectiveness of developing legal culture of students in higher educational institutions.

360
24.07.2026

SUN'IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN SO'Z BOYLIGINI O'RGANISH: UNIVERSITET TALABALARI ORASIDA CHATGPT ORQALI INGLIZ TILIDAGI LEKSIK KOMPETENTSIYANI OSHIRISH

Sun'iy intellekt (AI) oliy ta'limda o'zgaruvchan kuch sifatida paydo bo'ldi, talabalarning bilim olish va til ko'nikmalarini rivojlantirish usullarini o'zgartirdi. So'nggi paytlarda AI asosidagi innovatsiyalar orasida ChatGPT interaktiv, shaxsiylashtirilgan va kontekstga sezgir til o'rganishni osonlashtirish qobiliyati bilan katta e'tiborni tortdi. Lug'at bilimi, leksik kompetensiyaning asosiy komponenti sifatida, o'quvchilarning kommunikativ qobiliyati, o'qishni tushunish, yozish qobiliyati va umumiy til rivojlanishida markaziy rol o'ynaydi. AI yordamida til o'rganishga qiziqish ortib borayotganiga qaramay, ChatGPTning so'z boyligini rivojlantirishga qo'shgan hissasini o'rganuvchi empirik tadqiqotlar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi oliy ta'lim kontekstida cheklanganligicha qolmoqda. Ushbu tadqiqot ChatGPTning universitet talabalari orasida ingliz tili leksik kompetensiyasini oshirish uchun o'qitish vositasi sifatidagi salohiyatini o'rganadi. Xususan, tadqiqot AI yordamida so'z boyligini o'rganish so'z boyligini o'zlashtirish, kontekstual so'zlardan foydalanish, kollokatsiyani rivojlantirish, leksik saqlash va o'quvchining avtonomiyasini qanday qo'llab-quvvatlashini o'rganadi. Kvazi-eksperimental aralash usullar dizaynidan foydalangan holda, tadqiqot ChatGPT tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan so'z boyligi bo'yicha ko'rsatmalar olgan talabalarni an'anaviy so'z boyligini o'rganish yondashuvlariga amal qilganlar bilan taqqoslashni taklif qiladi. Ma'lumotlar to'plash lug'at boyligi bo'yicha testlar, o'quvchilarni idrok etish bo'yicha so'rovnomalar, sinfdagi kuzatuvlar va yarim tuzilgan intervyularni o'z ichiga oladi. Miqdoriy ma'lumotlar tavsifiy va xulosa statistikasi yordamida tahlil qilinadi, sifatli topilmalar esa o'quvchilarning sun'iy intellekt yordamida o'rganishga bo'lgan tajribalari va munosabatlari haqida chuqurroq ma'lumot beradi. Ushbu tadqiqot ChatGPTning lug'atni o'qitishdagi pedagogik qiymatini isbotlash orqali til ta'limida sun'iy intellekt bo'yicha adabiyotlarning o'sib borayotgan hajmiga hissa qo'shishi kutilmoqda. Bundan tashqari, topilmalar o'qituvchilarga, o'quv dasturini ishlab chiquvchilarga va oliy ta'lim muassasalariga generativ sun'iy intellekt texnologiyalarini ingliz tilini o'qitishga samarali, axloqiy va o'quvchiga yo'naltirilgan tarzda integratsiyalashda yordam berishi mumkin.

296
24.07.2026