Yapon tilidagi onomatopoetik so'zlar beshta guruhdan iborat mustaqil leksik-semantik tizimni tashkil etadi. Yapon tilidagi onomatopoetik so'zlarning eng fundamental xususiyatlaridan biri — fonetik shakl bilan ma'no o'rtasidagi qonuniy, tizimli bog'liqligidir. Ushbu maqolada yapon tilidagi onomatopoetik leksikaning — xususan giongo (擬音語) va gitaigo (擬態語) kategoriyalarining leksiko-semantik tuzilish xususiyatlari tadqiq etilib, tasnif, fonosemantik izomorfizm va grammatik qo'llanish xususiyatlari misollar asosida tahlil qilinadi. Yapon tilining boshqa tillardan farqli ravishda nihoyatda rivojlangan onomatopoetik tizimga egaligi asoslanadi.
Maqolaning pdf varianti