YANGI O‘ZBEKISTON UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYAT SIFATIDA ALLOMALAR MEROSINING O‘RNI

Maqolada Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalashda milliy qadriyat sifatida allomalar merosining o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv sharoitida yoshlar ongida milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlamay turib, ta’lim-tarbiya jarayonlarida samarali natijaga erishish qiyin. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda avvalo, ularni ma’naviy qiyofasini, axloqiy tarbiyasini mustahkamlash lozimdir. Bu hamisha faoliyatimizning eng muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

29
02.11.2024

YOSHLAR TAFAKKUR TARZI HAMDA YOSHLAR BUNYODKORLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Yoshlar tafakkur tarzi hamda yoshlar bunyodkorlik faoliyatini shakllantirish omillariilmiy jihatdan asoslab berildi. Bugungi kunnda shaxs madaniy saviyasi shakllanishi jarayonining ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari, ijtimoiy-falsafiy jihatlari hamda bu boradagi madaniy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishning xususiyatlarini ochib berish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlat tomondan yaratib berilgan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy imkoniyatlardan foydalanib, yoshlarimiz ongiga bunyodkorlik g‘oyalarini singdirish bugungi kundagi milliy pedagogikamizning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.

26
02.11.2024

YOSHLAR DUNYO QARASHINING SHAKLLANISHIGA GLOBALLASHISH JARAYONINING TA’SIRI.

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda talaba yoshlarning dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishning oldini olish masalalari muhokama qilinadi va tahlil qilinadi.

33
02.11.2024

HOZIRGI YOSHLARNI VATANSEVARLIK RUHIDA TARBIYA QILISHNING AHAMIYATI.

Ushbu maqolada zamonaviy yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati va vatanparvarlik tushunchasi turli tomonlardan tahlil qilinadi va talqin etiladi. Vatanparvarlik insonning o‘z Vatanini qadrlashi, qaysi sohadan qat’i nazar, shu Vatan uchun o‘z kuch va g‘ayratini berishini bildiradi. Bu ta’rif vatanparvarlikning barcha qirralarini qamrab olmasa-da, vatanparvarlik so‘ziga keng ma’noda yondashsa, to‘g‘ri tushuniladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikr va mulohazalar bildirilmoqda.

175
09.12.2023

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARNING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI.

Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar shakllanishiga ta'siri o'rganiladi. Raqamli aloqalarning rivojlanishi va mobil qurilmalarning mavjudligi bilan yoshlar ijtimoiy, madaniy va ta'lim hayotida yangi muammolar va imkoniyatlarga duch kelmoqdalar. Maqolada zamonaviy texnologiyalarning yoshlarga ijobiy va salbiy ta’siri ko‘rib chiqiladi va kelgusida ushbu yo‘nalishdagi tadqiqot va ishlanmalar istiqbollari taklif etiladi.

237
26.11.2023