O‘ZBEKISTONDA BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINING KO‘RINISHI

Butun yer yuzida diniy bag‘rikenglik, diniy konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’yektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.

37
27.12.2024

XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHIDA MISR ARAB RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATIDA DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH XUSUSIYATLARI

XX asr oxiri – XXI asr boshida Misr Arab Respublikasi mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga katta tahdid solgan diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmga qarshi ham ichki, ham tashqi siyosatda birdek kurash olib bordi. Mazkur maqolada Husni Muborak hamda Abdulfattoh as-Sisi davrida Misrning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosatida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash xususiyatlari tahlil qilinadi.

153
26.06.2024