JISMONIY MADANIYAT FAKULTET TALABALARINING SPORT O‘YINLARI YORDAMIDA KASBIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari o‘rtasida turli sport turlari, shu jumladan, voleybol bilan shug‘ullanishning pedagogik oliy o‘quv yurtlari jismoniy tarbiya fakulteti talabalari o‘rtasida kasbiy mahorat va shaxsiy fazilatlarning shakllanishiga ta’sirini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari keltirilgan.

86
29.01.2025

KECHA VA KUNDUZ ASARIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING STILISTIK XUSUSIYATLARINI KRISTOFOR FORT TARJIMASIDA AKS ETTISHI

Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida turli stilistik vositalar, ibora(frazeologik birlik)lar, tasviriy vositalar va boshqa badiiy unsurlardan juda keng foydalanilgan bo‘lib, ularni tarjima qilishda Xristofor Fort qanday tarjima usullaridan, strategiyalardan foydalanganini o‘rganib chiqib, ba’zi o‘rinlarda o‘z tomonimizdan qilingan tarjima variantlarini ham taklif etilgan.

127
05.01.2025

GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLARNI BUZG‘UNCHI AXBOROTLAR TAJOVUZIDAN HIMOYA QILISH

Maqolada globallashuv sharoitida yoshlarni buzg‘unchi axborotlar tajovuzidan himoya qilishning muhim jihatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Har qanday axborot xurujlaridan yoshlarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

128
05.11.2024

MASNU’ SO’ZLAR JILVASI VA JOZIBASI

Havola qilinayotgan maqolada mumtoz lirika va epik poeziyada poetik so’zning o’rni va ularning timsol yaratishdagi mavqeyi yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan. Ayrim namunalar orqali poetik so’zning emotsional-ekspressivlik darajasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, Boburning ayrim baytlari, masnu’ she’rlaridan bittasi tahlil qilinishi o’laroq, tahlil davomida aytilgan fikrlardan masnu’ she’rlarda so’zlarning shakliy jilvasi hamda mazmuniy jozibasi yuqori darajada bo’lishi dalillangan.

491
07.02.2024

YANGI O‘ZBEKISTONDA CHET TILLARNI TARQIB VA O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI.

Ushbu maqolada mamlakatimizda chet tillari va amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, bugungi kunda chet tillariga bo‘lgan ehtiyojga e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda chet tilini ommalashtirish, uni keng jamoatchilik o‘rtasida malakali o‘qituvchilar yordamida targ‘ib etish muhimligini ta’kidladik. Va ularni o'rganish uchun zarur bo'lgan innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari keltirilgan.

239
09.12.2023

LINGVOPOETIK VOSITA O’XSHATISH HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR

Ushbu maqolada badiiy adabiyotimizda ko’p uchrovchi, lingvopoetikaning sintaktik xususiyatlaridan biri bo’lgan o’xshatish haqida fikr -mulohazalar yuriligan

397
06.08.2023