MATEMATIK MODELLASHTIRISH ASOSIDA NO-CODE DASTURLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Maqolada no-code dasturlash platformalarining iqtisodiy samaradorligi matematik modellashtirish va qiyosiy ssenariy tahlili asosida baholandi. Tadqiqotda an’anaviy va no-code ishlab chiqish usullarining boshlang‘ich xarajati, xizmat ko‘rsatish xarajati, ishlab chiqish muddati, unumdorligi, investitsiya rentabelligi (ROI), sof joriy qiymati (NPV) hamda taxminiy qoplanish muddati solishtirildi. Olti oylik hisoblash davri, 4500 AQSH dollari miqdoridagi yalpi iqtisodiy samara va 10 foizlik diskont stavkasi qabul qilindi. Natijalarga ko‘ra, no-code yechim olti oylik jami xarajatlarni 85 foizga, ishlab chiqish vaqtini esa 83,3 foizga kamaytiradi. Hisoblangan ROI an’anaviy usulda 40,6 foizni, no-code usulida 837,5 foizni tashkil etdi. NPV mos ravishda 890,9 va 3610,9 AQSH dollariga teng bo‘ldi. Natijalar no code vositalari takrorlanuvchi va standartlashtirilgan biznes jarayonlarida iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

227
01.07.2026

POSTMODERN JAMIYATINI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA UNDAGI DEFORMATSIYA JARAYONLARI.

Ushbu maqolada postmodern jamiyatning asosiy xususiyatlari, jumladan uning paydo bo'lishi, o'zgarishlarning mohiyati va bu o'zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatlari tahlil qilinadi. Postmodern jamiyatning quyidagi asosiy belgilariga e'tibor qaratiladi: axborot jamiyati, individualizm, xilma-xillik, parchalanish, voqelikning nisbiyligini qabul qilish, an'anaviy tizim va qurilmalarni rad etish. Bu o‘zgarishlarning zamonaviy jamiyatga ta’siri va ularning kelajak istiqbollari haqida ham fikr-mulohazalar berilgan.

1016
17.11.2024

JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA SOG‘LOM MAFKURALARNING ROLI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Hozirgi kunda globallashuvning tobora avj olishi mafkuraviy tarbiyaga yangicha va tizimli yondashuvni taqozo etmoqda. Ushbu maqolada hozirgi paytda dunyo miqyosida keskin tus olib borayotgan shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob berish strategik vazifa sifatida bizning faoliyatimizda ustuvor yo‘nalishga aylanib borayotganligi haqida ma’lumot berilgan.

1093
21.06.2024