SURXON VOHASINING QADIMIY GAZARAK QISHLOG’I ZIYORATGOHLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ E’TIQODIY QARASHLAR XUSUSIDA

Maqolada Shimoliy Surxon vohasidagi , xususan Sariosiyo tumani Gazarak qishlog‘idagi ziyoratgohlar va ular bilan bog’liq e’tiqodiy qarashlar, hamda qishloq tarixiga bevosita aloqador bo’lgan boshqa ma’lumotlar ham keltiriladi.

39
17.11.2024

SARQ QO‘LYAZMALARI MARKAZIDA SAQLANGAN FAXIDDIN AR-ROZIY ASARLARI HAQIDA QISQA SHARX.

Ushbu maqolada Muhammad ibn Umar Faxiddin ar-Roziyning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan asarlari haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Faxiddin ar-Roziyning falsafa, mantiq va ilohiyotga oid asarlari O‘zbekistonda kam o‘rganilgani, qo‘lyozmalar fondidagi ayrim asarlar esa Osiyo va Yevropa sharqshunoslari tomonidan ham kam o‘rganilgani diqqatga sazovordir.

31
02.11.2024

MOVAROUNNAHR FIQH MANBALARI ASOSIDA AYOL KISHINING QIMMATBAHO TOSHLARDAN FOYDALANISH HUKMLARIGA DOIR HADISLAR TAHLILI

Ushbu maqolada Imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Dorimiy hamda boshqa muhaddislarning hadis bo‘yicha yozilgan asarlarida zikr qilingan ayollarning qimmatbaho toshlardan foydalanishiga doir hadislarning hanafiy mazhabi asosidagi hukmlari o‘rganilgan va mazhablar o‘rtasi qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, Movarounnahr fiqh manbalarida zikr etilgan hukmlarga alohida e’tibor qaratilgan.

66
15.10.2024

SURXON-SHEROBOD VOHASIDA UY-JOYLAR QURILISHI TARIXI HAMDA ULARDAGI TRANSFORMATSIYALAR

Ushbu maqolada Surxon-Sherobod vohasi qadimdan qurilish sohasida o`ziga hos uslub va an`analarga ega holda rivojlanib kelganligi, bu marosimlarda qishloqning kattayu kichigi faol ishtirok etishganligi, marosimlar markazida Qishloq oqsoqollari bosh bo`lishganlari yuzasidan qiyosiy tahlillar berilgan. Albatta, bu ishtirokchilar ajdodlar taomillariga to‘liq amal qilgan holda ish yuritishgan. Uy-joy qurishda tog` qishloqlari aholisi hashar bilan uylarni qurishgani, barcha keluvchilar o`zlari bilan bittadan tosh olib kelishgani, uyni birinchi toshini uy egasi qo`ygani O‘rta Osiyoning boshqa mintaqalarida bo‘lganidek, bu yerda ham o`ziga hos qurilish uslubi va ashyolaridan foydalanilgan. Yilda bir marotaba tomlar usti loy bilan suvalgan. Uy-joy qurilishida va qurilgandan so`ng turli marosimlar o‘tkazilganligi qiyosiy tahlillar bilan berilgan.

206
15.06.2023