BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH: TA’LIM SAMARADORLIGI VA O‘QUVCHI FAOLLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘quvchilarning bilim olish samaradorligi, motivatsiyasi va faolligiga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda muammoli ta’lim, gamifikatsiya, raqamli ta’lim vositalari, differensial yondashuv kabi zamonaviy metodlar o‘rganilgan. Natijalar innovatsion texnologiyalar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishini ko‘rsatadi. Maqolada o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’limning ahamiyati alohida ta’kidlangan.

37
08.04.2026

TRANSPORT-LOGISTIKA KORXONALARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISHNING MUAMMOLARI TAHLILI

Ushbu maqolada transport-logistika korxonalarida raqamlashtirish jarayonining asosiy muammolari kompleks tahlil qilingan. Natijalar transport-logistika sohasida raqamli transformatsiya jarayonida moliyaviy resurslar etishmasligi, zamonaviy axborot texnologiyalariga ega mutaxassislar taqchilligi, mavjud infratuzilmaning eskirganligi va ma’lumotlar xavfsizligi muammolarining ustuvorligini ko‘rsatdi.

73
01.04.2026

RAHBAR KADRLAR TAYYORLASHDA MA’NAVIY-AXLOQIY TEXNOLOGIYALAR TIZIMI

Ushbu maqolada rahbar kadrlarni tayyorlash jarayonida ma’naviy-axloqiy texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Rahbar shaxsida axloqiy madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat, adolat va vatanparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik va ma’naviy texnologiyalar tizimining imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, rahbar kadrlar tayyorlashda integrativ va tizimli yondashuvning samaradorligi asoslab beriladi.

142
18.03.2026

EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHGA ZAMONAVIY YONDOSHUV EHTIYOJI: XORIJ TAJRIBASI TAHLILI

Maqolada zamonaviy jamiyatda ekologik ong va madaniyatning shakllanish jarayonlari, ekologik madaniyatni shakllantirishda yangi yondashuvlarni joriy etish, zamonaviy usul va vositalardan foydalanish, hamda global va mahalliy darajadagi harakatlarni muvofiqlashtirishni ahamiyatini asoslab bergan. Maqolada ekologik madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari va istiqbollari belgilab berilgan.

156
28.02.2026

SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI ORQALI INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘RGANISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH: METODIK YONDASHUV

Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini mustaqil o‘rganish kompetensiyasini shakllantirishdagi o‘rni va metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Mustaqil o‘rganish kompetensiyasi talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirish, til ko‘nikmalarini mustaqil tarzda egallash va raqamli vositalardan samarali foydalanish qobiliyatini anglatadi. Maqolada SI vositalari — chat botlar, til ilovalari, avtomatik tahlil platformalari — yordamida o‘quv jarayonini individuallashtirish, motivatsiyani oshirish va metakognitiv strategiyalarni rivojlantirish metodikasi taklif etiladi. Shuningdek, eksperimental kuzatuvlar asosida metodikaning samaradorligi baholanadi va mahalliy ta’lim kontekstida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

416
26.11.2025

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING GLOBALIZATSIYA SHARTIDA INGLIZ TILINI O'QITISHGA TA'SIRI

Ushbu maqola globallashuv sharoitida ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalarning roli va samaradorligini o'rganadi. Unda zamonaviy raqamli vositalar, texnologiyalar bilan takomillashtirilgan o'quv muhiti va ularning o'quvchilarning tilshunoslik qobiliyati, motivatsiyasi va kommunikativ ko'nikmalariga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda an'anaviy sinf o'qitishdan texnologiyaga asoslangan yondashuvlarga metodologik o'tish ta'kidlangan bo'lib, o'qituvchilarning yangi pedagogik modellarni qo'llash zarurligi ta'kidlangan. Texnologiyalarning ingliz tili ta'limiga mazmunli integratsiyasini ta'minlash bo'yicha tavsiyalar berilgan.

423
26.11.2025

DARS JARAYONIDA TELEGRAM PLATFORMASIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada Telegram platformasining zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni, pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unligi va amaliy tatbiqlari tahlil qilinadi. Maqolada Telegramning dars materiallarini tarqatish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish, bilimni baholash va qayta aloqa tizimini shakllantirishdagi afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, real misollar, ilmiy iqtiboslar, SWOT tahlil va takliflar orqali Telegram ilovasining ta’limdagi istiqbollari ochib beriladi.

591
23.06.2025

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINI O‘QITISH ASOSIDA O‘QUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Ushbu maqola O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodlarini o‘rganadi. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’limning zamonaviy talablari, o‘qish savodxonligi darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik va psixologik jihatlari, shuningdek, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan innovatsion usullar va texnologiyalar tahlil qilinadi.

496
23.06.2025

O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada o'zbek tili grammatikasini o’rgatishda qo'llaniladigan interfaol metodlar, ularning samaradorligi va istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbek tilini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning dolzarbligi, ularning o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi, muloqot madaniyatini shakllantirishdagi hamda til ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol yondashuvlar o‘qituvchining asosiy vositasiga aylanmoqda.

704
14.05.2025

CHET TILLARNI O'RGANISHDA ZAMONAVIY USUL VA METODOLOGIYA (INGLIZ TILI MISOLIDA)

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari, o‘qituvchining o‘z ustidagi faoliyati, mas’uliyat hissi, chet tilini o‘qitish metodikasi, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar turlari, ulardan foydalanish, shuningdek, ushbu sohadagi muammolar va yechimlar ko‘rib chiqiladi.

757
09.02.2025

YOSHLAR DUNYO QARASHINDA INNOVATSION TIKLASHNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USUL VA TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada yoshlar dunyoqarashida innovatsion tafakkurni shakllantirishning samarali uslub va texnologiyalari, shuningdek, bugungi kunda yoshlar ongida inqilob qilish, dunyoqarashini insonparvarlashtirish zarurligiga doir muhim qarash va yondashuvlar haqida so‘z boradi.

722
09.02.2025

HOZIRGI ZAMONDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI TALABLAR DUNYOTARASHISHINI RIVOJLANTIRISH USULLARI.

Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning dunyoqarashini rivojlantirish metodlari hamda pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ro’li, pedagogik mahorat yordamida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini oshirish, pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari, ular vositasida talabalarning tafakkurini, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, pedagogik texnologiyalarning ko‘rinishlari, pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari kabi masalalar yoritib berilgan.

653
09.02.2025