9-10 ASRLAR IJTIMOIY-FALSAFIY JARAYONLARNING ABU NASR FOROBIY ILMIY-FALSAFIY QARASHLARIGA TA'SIRI.

Jahon mamlakatlari taraqqiyotida ilm-fan muhim o‘rin tutayotgan bir paytda tarixiy mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoning turli nuqtalarida sodir bo‘layotgan voqealar, qolaversa, globallashuvning shiddatli o‘zgarishi ortidan yuzaga kelayotgan ma’naviy va ma’naviy tahdidlarga qarshi ilm-fanni chuqur singdirish orqali yoshlarda mustahkam immunitetni shakllantirish zaruratida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy falsafiy antropologiya asosida inson, axloq, adolat, baxt, insonparvarlik, tinchlik, ma’rifat kabi qarashlardan foydalanish faraz qilinadi.

19
17.11.2024

YOSHLAR TAFAKKUR TARZI HAMDA YOSHLAR BUNYODKORLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Yoshlar tafakkur tarzi hamda yoshlar bunyodkorlik faoliyatini shakllantirish omillariilmiy jihatdan asoslab berildi. Bugungi kunnda shaxs madaniy saviyasi shakllanishi jarayonining ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari, ijtimoiy-falsafiy jihatlari hamda bu boradagi madaniy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishning xususiyatlarini ochib berish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlat tomondan yaratib berilgan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy imkoniyatlardan foydalanib, yoshlarimiz ongiga bunyodkorlik g‘oyalarini singdirish bugungi kundagi milliy pedagogikamizning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.

26
02.11.2024

YUSUF XOS HOJIB FALSAFASIDA YETUK VA BARKAMOL AVLOD MUAMMOLARI

Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ham odamlar olamni anglashga harakat qilganlar. Borliqning mohiyatini, uni harakatlanish qonuniyatlarini o’rganishga urinib kelgan. Mifologik, diniy va ilmiy dunyoqarashning shakllanish bosqichi ma’lum bir xronologik ketma-ketlikda amalga oshmagani, ular aksariyat hollarda tarixiylik kontekstida olib qaraydigan bo’lsak, ustma-ust tushgan holda rivojlanib kelayotganiga guvoh bo’lamiz. Misol uchun, XXI asr bo’lishiga qaramasdan mifologik dunyoqarashning ayrim elementlari saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga diniy dunyoqarash ham spiralsimon rivojlangan holda, goh kuchli, goho esa nisbatan kuchsiz shaklda olamni anglashning usuli sifatida o’zini namoyon etmoqda. Falsafiy dunyoqarashning tarkibiy qismi bo’lgan olamni anglashga bo’lgan ilmiy yondashuv borasida ham juda katta o’zgarishlar yuz berib, ayrim hollarda mifologik va diniy dunyoqarash sohiblari zamonaviy ilmiy yutuqlarni o’zlarining irrasional xulosalarini dalillashda foydalanib kelmoqda. Bu jarayonlarning barchasi Yusuf Xos Hojib ijod qilgan davrdan ming yil keyin yuz berayotganini e’tiborga olsak, allomaning ma’rifatparvarlik va bilim fenomeni haqidagi qarashlari o’z davri uchun ham naqadar dolzarb va innovasion xususiyatga ega bo’lganini tushunish mumkin bo’ladi.

147
15.07.2024

O'QISHDA BULLINGNI O'ZGARTIRISh YO'LLARI

Ushbu maqolada kamsitishlarsiz muhit yaratish, shuningdek, maktab muhitida yangi siyosatlar yaratish va tafakkurni o'zgartirish orqali sinfda tengsizlik tushunchasini yo'q qilish kabi maxsus tushuntirishlar orqali sinfda qo'rqitishning muqarrar usullari keng ko'rsatilgan. kamsitilgan talabalar.

175
09.06.2023

TATYANA GUROVANING “BIZ BOSHQACHAMIZ”MAQOLASI HAQIDA

Mazkur maqolada rus yozuvchisi va Rossiyada chiqadigan “Ekspert” jurnalining bosh muharriri tatyana Gurovaning falsafiy tahlillari va kelajak uchun bergan mulohazalari bayon etildi.

181
08.06.2023