Britaniya ommaviy axborot vositalarida diskurs va siyosiy ritorikada sharqshunoslik rivoyatlari: Brexitda postkolonial tushunchalarning o'zgarishi va takrorlanishi

Mazkur maqolada Brexitdan keyingi davrda Buyuk Britaniya media diskursi va siyosiy ritorikasida orientalist narrativlarning qayta ishlab chiqarilishi masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqot Edvard Saidning orientalistika konsepsiyasiga tayangan holda zamonaviy Britaniya ommaviy axborot vositalari hamda siyosiy yetakchilar nutqlarida “Boshqa” obrazining shakllantirilish mexanizmlarini o‘rganadi. Asosiy e’tibor migratsiya, xalqaro xavfsizlik va Yevropa Ittifoqidan chiqishdan keyin Buyuk Britaniyaning tashqi siyosiy identifikatsiyasi masalalariga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi diskurs-tahlil, qiyosiy tahlil va postkolonial yondashuvlarga asoslanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, rasmiy tashqi siyosiy ritorikadagi o‘zgarishlarga qaramasdan, orientalist tasavvurlar jamoatchilik fikri va Buyuk Britaniyaning tashqi siyosiy identifikatsiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.

45
16.07.2026

ABU NASR FOROBIYNING ILMIY-FALSAFIY MEROSINING BUGUNGI BARKAMOL SHAXS TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiyning ilmiy-falsafiy merosining bugungi barkamol shaxs tarbiyalashdagi ahamiyati hamda Forobiyning hayoti ilmiy-falsafiy qarashlarida inson aql-zakovatini birlamchi oʻringa qoʻyganligi, allomaning insonni anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlari haqidagi qarashlari, shuningdek, uning madaniy va ijtimoiy faoliyatining biologik asoslarini oʻz ichiga oladi. Forobiy inson, uning dunyo tarqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni sifada etirofi, uning asarlarida insonga tarbiya va taʼlim berish zarurligi kabi masalalar taxlil etilgan.

1042
09.02.2025