YAPONANING ZAMONAVIY IQTISODIY DIPLOMATİYASI

Maqolada Yaponiyaning zamonaviy iqtisodiy diplomatiyasi ko'rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi quyosh chiqayotgan mamlakatning iqtisodiy salohiyatini, shuningdek, xalqaro tashkilotlardagi ishtirokini tahlil qilishdir. Asosiy xulosa shuki, Yaponiya iqtisodiy diplomatiyasi global va mintaqaviy ta’sirni kuchaytirish uchun savdo, sarmoya va rivojlanish yordamini birlashtirgan kuchli vositadir. Iqtisodiy diplomatiya istiqbollari, shuningdek, raqamlashtirishni chuqurlashtirish, yashil loyihalarni kengaytirish va mintaqaviy tuzilmalarni mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lib, bu Yaponiyaga ko‘p qutbli dunyoda raqobatbardoshlikni saqlab qolish imkonini beradi.

27
30.06.2025

MUNOZARA – ILMIY BILISH FAOLIYATINING TARKIBIY QISMI SIFATIDA

Ushbu maqola ilmiy bilish faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lgan bahs-munozaraning zamonaviy talqiniga bag‘ishlangan. Bahs-munozaraning nazariy asoslari, ilmiy bilimlarni shakllantirishdagi o‘rni va tanqidiy tafakkur rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. An’anaviy shakllar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga olgan holda, ilmiy munozaralarni tashkil etishning turli yondashuvlari qiyosiy tahliliga alohida e’tibor qaratilgan. Munozaraning kognitiv, metodologik va kommunikativ jihatlari hamda ularning fanlararo tadqiqotlarga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif fan raqamlashuvi sharoitida munozara olib borish usullarini takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

260
15.12.2024