Ushbu maqola XIX asr ingliz adabiyotidagi bolalik obrazlarini ijtimoiy, psixologik va madaniy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Sharlotta Bronte va Charlz Dikkensning “Oliver Tvist” asaridan tashqari, Tomas Hardi, Elizabeth Gaskell, Jorj Eliot va Uilyam Uordsvort kabi yozuvchilarning asarlarida bolalik qanday tasvirlangani o‘rganiladi. Maqola Viktoriya davri ijtimoiy muammolari, bolalikka munosabat va adabiyotdagi ramziy ma’nolarni ochib beradi. Bolalik obrazlari orqali mualliflarning ijtimoiy tanqid va psixologik dunyoqarashi ko‘rsatiladi.