O‘ZBEKISTON SSRNING XO‘JALIGI, AHOLISI VA TABIIY GEOGRAFIYASI

Ushbu maqolada Sovet Oʻzbekistonining xo‘jaligi, aholisi va tabiiy geografik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada Oʻzbekiston SSRning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari, iqlimi hamda hududiy tuzilishi haqida umumiy ma’lumot beriladi. Shuningdek, respublika aholisi sonining o‘sishi, milliy tarkibi, shahar va qishloqlarda aholi zichligining farqlari yoritiladi. Asosiy e’tibor Sovet davrida shakllangan xo‘jalik tizimiga, xususan, paxtachilik, sug‘oriladigan dehqonchilik, sanoatlashuv va transport infratuzilmasining rivojlanishiga qaratilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonning keyingi davrlardagi iqtisodiy va demografik jarayonlarini anglashda muhim ahamiyatga ega.

83
24.12.2025

XALQ ORASIDA DAVOM ETIB KELAYOTGAN AZBAROYILLOH MAROSIMINING FUNKSIYAVIY TAHLILI (SURXON VOHASI MATERIALLARI ASOSIDA)

Maqolada Surxon vohasining shimoliy tumanlaridan biri, Sariosiyo qishloqlari aholisining e’tiqodiy qarashlari bilan bog’liq bo’lgan Azbaroyilloh marosimining funksiyaviy vazifalari xususida so’z yuritiladi.

824
09.12.2023

SHAHAR VA QISHLOQ AHOLIsining IJTIMOIY FAOLIYATI

Bizning zamonaviy jamiyatimizda shaxsning roli ijtimoiy rivojlanish jarayonida tobora innovatsion bo'lib bormoqda. Odamlar tarixning turli bosqichlarida turli darajadagi ijtimoiy faollikni namoyon etadilar. Quyidagi tadqiqotlar ijtimoiy faollik va uning jamiyat bilan aloqalariga qaratilgan. Bu bog'lanish shaxsni tushunish va voqelikni, shuningdek, o'zini kuzatish imkonini beradi. Zamonamizdagi muhim va dolzarb mavzu shahar va qishloqlarning ijtimoiy faolligidir.

646
26.11.2023

SURXON-SHEROBOD VOHASIDA UY-JOYLAR QURILISHI TARIXI HAMDA ULARDAGI TRANSFORMATSIYALAR

Ushbu maqolada Surxon-Sherobod vohasi qadimdan qurilish sohasida o`ziga hos uslub va an`analarga ega holda rivojlanib kelganligi, bu marosimlarda qishloqning kattayu kichigi faol ishtirok etishganligi, marosimlar markazida Qishloq oqsoqollari bosh bo`lishganlari yuzasidan qiyosiy tahlillar berilgan. Albatta, bu ishtirokchilar ajdodlar taomillariga to‘liq amal qilgan holda ish yuritishgan. Uy-joy qurishda tog` qishloqlari aholisi hashar bilan uylarni qurishgani, barcha keluvchilar o`zlari bilan bittadan tosh olib kelishgani, uyni birinchi toshini uy egasi qo`ygani O‘rta Osiyoning boshqa mintaqalarida bo‘lganidek, bu yerda ham o`ziga hos qurilish uslubi va ashyolaridan foydalanilgan. Yilda bir marotaba tomlar usti loy bilan suvalgan. Uy-joy qurilishida va qurilgandan so`ng turli marosimlar o‘tkazilganligi qiyosiy tahlillar bilan berilgan.

602
15.06.2023