TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINING PSIXOLINGVISTIK VA PEDAGOGIK MOHIYATI

Ushbu maqolada tinglab tushunish ko‘nikmasining psixolingvistik va pedagogik mohiyati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada tinglab tushunish nutq faoliyatining reseptiv turi sifatida ta’riflanib, uning faol kognitiv jarayon ekanligi J. Field, M. Rost kabi yetakchi olimlarning qarashlari asosida yoritiladi. Shuningdek, tinglab tushunish jarayonining muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, psixologik mexanizmlar (diqqat, xotira, idrok etish, taxmin qilish) tahlil qilinadi. G. Buck tomonidan taklif etilgan ikki darajali model (identifikatsiya va ma’noni anglash darajalari) hamda J. Wilson, J. Flowerdew va L. Miller tomonidan ishlab chiqilgan uch bosqichli pedagogik model (matn oldi, matn ustida ishlash, matndan keyingi bosqichlar) batafsil yoritiladi. Maqolada oliy ta’lim talabalarida tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda bosqichma-bosqich yondashuv, metakognitiv strategiyalar va psixologik omillarni hisobga olishning ahamiyati asoslanadi.

24
08.04.2026

HAVO IFLOSLANISHI TARQALISHINI GAT YORDAMIDA MODELLASHTIRISH

Ushbu maqola havo ifloslanishi tarqalishini geoaxborot tizimlari (GAT) yordamida modellashtirishning metodlari, imkoniyatlari va amaliy ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada yer usti monitoring stansiyalari, transport va sanoat zonalaridan olingan ma’lumotlar hamda masofaviy kuzatish texnologiyalari asosida havo ifloslanishining fazoviy va vaqt bo‘yicha tarqalishini tahlil qilish usullari tavsiflanadi. Shuningdek, GAT yordamida ishlab chiqilgan modellar ekologik monitoring, shahar rejalashtirish va barqaror rivojlanish strategiyalarini qo‘llashda amaliy ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

386
31.10.2025

MILLIY MЕNTALITЕTGA IJTIMOIY TRANSFORMATSIYALARNING TA’SIRI

Ushbu maqala ijtimoiy transformatsiya jarayonlarining mazmun-mohiyatini ochib berish, hamda davlat, jamiyat va shaxs hayoti, faoliyati, dunyoqarashini tub tarkibiy o‘zgarishlariga olib keluvchi jarayonlar tahliliy yoritilgan. Shuningdek, transformatsiya jarayonining milliy mentalitetiga va milliy ongi ta’siri to‘g‘risida fikr, mulohozalar bayon etilgan.

356
31.10.2025

TILSILIKDA DUNYOGA LINGVISTIK VA KONSEPTUAL TUSHUNCHALARNING MOHIYATI.

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan ilmiy-texnikaviy atamalarni tarjima qilishda yuzaga keladigan ayrim muammolar va ularning sabablari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, tarjimashunoslik umumiy tarjima modellarini ta'kidlaydi, ya'ni. qiyosiy, jarayonli va o'zgaruvchan modellar. Shuningdek, jahon tarjimashunosligida qayta tarjima hodisasiga asoslangan to‘rtta standart (tushuntirish, tavsiflovchi, tushuntirish va bashorat qilish) farazlari ilgari suriladi va tavsiflanadi.

741
09.12.2023