TOG‘AY MUROD ASARLARIDA LINGVOKULTUREMALARNING BADIIY VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Maqolada Tog‘ay Murod nasrida lingvokulturemalarning badiiy-estetik va semantik xususiyatlari antropotsentrik hamda lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida adibning “Otamdan qolgan dalalar” romani, shuningdek, qissalarida faol qo‘llangan milliy-madaniy mazmunli leksik birliklar, frazeologizmlar, maqol-matallar, urf-odat nomlari, qarindoshlik atamalari, etnografizmlar va ramziy obrazlar tanlandi. Tahlil natijasida yer, dala, ota, ona, ot, polvon, to‘y, duo, oriyat, el-yurt kabi birliklar oddiy nominativ ma’nodan tashqari xalqning tarixiy xotirasi, axloqiy mezonlari, ijtimoiy tajribasi va emotsional bahosini mujassamlashtiruvchi lingvokulturemalar sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Ushbu birliklar personaj xarakterini ochish, milliy ruhni kuchaytirish, voqelikning ijtimoiy-tarixiy qatlamini belgilash va muallif idiostilini yaratishda muhim badiiy vazifa bajaradi.

151
14.10.2026

BADIIY TARJIMANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada badiiy tarjimaning ilmiy-nazariy asoslari, uning insoniyat tarixi va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Maqolada tarjimashunos olimlar Anna Mariya Rojo, Piter Nyumark, G‘aybulla Salomov va Qudrat Musayevlarning tarjima jarayoniga doir ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Badiiy tarjimaning o‘ziga xos murakkabliklari, xususan, asliyatdagi stilistik vositalar, milliy bo‘yoqdorlik va muallif uslubini saqlab qolgan holda qayta yaratish masalalari yoritilgan. Shuningdek, qardosh va turli til oilalariga mansub tillar o‘rtasidagi tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlari hamda tarjimon mahoratining ahamiyati asoslab berilgan.

903
30.01.2026