TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINING PSIXOLINGVISTIK VA PEDAGOGIK MOHIYATI

Ushbu maqolada tinglab tushunish ko‘nikmasining psixolingvistik va pedagogik mohiyati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada tinglab tushunish nutq faoliyatining reseptiv turi sifatida ta’riflanib, uning faol kognitiv jarayon ekanligi J. Field, M. Rost kabi yetakchi olimlarning qarashlari asosida yoritiladi. Shuningdek, tinglab tushunish jarayonining muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, psixologik mexanizmlar (diqqat, xotira, idrok etish, taxmin qilish) tahlil qilinadi. G. Buck tomonidan taklif etilgan ikki darajali model (identifikatsiya va ma’noni anglash darajalari) hamda J. Wilson, J. Flowerdew va L. Miller tomonidan ishlab chiqilgan uch bosqichli pedagogik model (matn oldi, matn ustida ishlash, matndan keyingi bosqichlar) batafsil yoritiladi. Maqolada oliy ta’lim talabalarida tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda bosqichma-bosqich yondashuv, metakognitiv strategiyalar va psixologik omillarni hisobga olishning ahamiyati asoslanadi.

130
08.04.2026

NUTQ FAOLIYATINING NEYROPSIXOLINGVISTIK MEXANIZMLARI VA ULARNING LINGVISTIK TALQINI

Ushbu maqolada nutq faoliyatining neyropsixolingvistik mexanizmlari va ularning lingvistik talqini tahlil qilinadi. Nutq jarayoni insonning murakkab kognitiv va psixologik faoliyati sifatida miya faoliyati, lingvistik birliklar va kommunikativ vazifalar o‘zaro uyg‘unligi orqali shakllanadi. Tadqiqotda nutq hosil qilish va nutqni idrok etish jarayonlari neyropsixolingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi, shuningdek, nutq jarayonining lingvistik talqiniga urg‘u beriladi. Maqola natijalari psixolingvistika, neyrolingvistika va tilshunoslik sohalarida ilmiy izlanishlar uchun nazariy asos yaratadi.

108
25.03.2026

DIALOGIK ALOQANING LINGVISTIK-KOGNITIV JIHATLARI

Ushbu maqolada dialogik kommunikatsiyaning lingvistik va kognitiv jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot dialogik nutqni inson tafakkuri, bilim tuzilmalari va kontekstual omillar bilan uzviy bog‘liq hodisa sifatida ko‘rib chiqadi. Dialog jarayonida nutq ishtirokchilarining kognitiv faoliyati, presuppozitsiya, implikatura, nutq aktlari hamda pragmatik ma’no shakllanishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada kognitiv lingvistika doirasida dialogik muloqotni o‘rganishning nazariy asoslari yoritilib, dialogni interaktiv va dinamik jarayon sifatida talqin qilish asoslanadi. Tadqiqot natijalari dialogik diskursni chuqurroq anglashga hamda lingvistik-pragmatik tahlillarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

365
30.12.2025

HOZIRGI ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODIKANING CHET TILLARNI O'QITISHDAGI AHAMIYATI.

Ushbu maqolamizda hozirgi kunda chet tillarini oʼqitishda zаmonаviy pedagogik metodologiyaning ahamiyati hamda jahon va yurtimizda taʼlim muassalari hamda, nodavlat oʼquv muassasalarida bugungi kunda chet tillarini oʼrganishga boʼlgan yehtiyoz tufayli chet tilini oʼqitishning zamonaviy texnologiyalar yordamida, yangicha metologiyalardan foydalanib fundamental, lingvosotsiomadaniy, kommunikativ metodlar qiyosiy tahlil etilgan, ularning taʼlim jarayonidagi oʼrni va ahamiyati koʼrsatilib ilmiy chiqatdan yoritilgan.zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarni chet tiliga oʼrgatishning yoʼllari haqida fikr yuritilgan.

842
09.02.2025

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GASTRONOMIC ATAMALAR TADQIQI

Ushbu tadqiqot ingliz va o’zbek tillaridagi gastronomic terminologiyaning lingvistik va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Unda oziq-ovqat an’analari, qadriyatlar va hayot tarzi, qanday aks etishini tahlil qilib, gastronomik ifodalarni shakllantirishdagi madaniy kontekstning o’ziga xos jihatlariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot palov va somsa kabi o’zbek taomlarini pie va pudding kabi ingliz taomlari bilan qiyoslaydi hamda lingvistik va madaniy farqlarni ko’rsatadi. Shuningdek, globallashuvning ikki til orasidagi oshxona atamalarining almashinuvida qanday rol o’ynashi o’rganiladi. Topilmalar madaniyatlararo muloqotni tushunishga va oziq –ovqatning o’zaro hurmatni rivojlantirishdagi ahamiyatni ochib beradi.

894
16.01.2025

О‘ZBEK TILIDA ZAMОNNING IFОDALANISHI

Bu maqolada o’zbek tilida vaqt tushunchasining ifodalanishiga oid mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, ushbu masala tadqiqotchilarning mavzuga oid olib borgan izlanishlari hamda o’zbek adabiyotining mashhur asarlari asosida yoritib berilgan.

834
05.06.2024

BUGUNGI KUNDA O‘SMIRLAR UCHUN INGLIZ TILINI OʼQITISHNING ZАMONАVIY METODOLOGIYASINING AFZALLIGI

Ushbu maqolamizda yurtimizda taʼlim muassalari hamda, nodavlat oʼquv muassasalarida bugungi kunda o'smirlar uchun ingliz tili oʼqitishning zаmonаviy metodologiyasining afzalligi boʼlgan yehtiyoz tufayli ingliz tilini oʼqitishning zamonaviy texnologiyalar yordamida, yangicha metologiyalardan foydalanib fundamental, lingvosotsiomadaniy, kommunikativ metodlar qiyosiy tahlil etilgan, ularning taʼlim jarayonidagi oʼrni va ahamiyati koʼrsatilib ilmiy chiqatdan yoritilgan.zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarni ingliz tiliga oʼrgatishning yoʼllari haqida fikr yuritilgan.

818
14.10.2023

BUGUNGI KUNDA CHET TILINI O‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING TAHLILI

Ushbu maqolada bugungi kunda chet tilini o‘qitish muammolari va kompyuter lingvistikasi tahlil asoslash orqali bо‘lajak chet tili о‘qituvchisini metodik tayyorlashning tarkibiy va funksional modelini takkomillashtirishning mazmuni va darajalarini aniqlash ularni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini beradi. Bо‘lajak chet tili о‘qituvchilarini zamonaviy usulda tayyorlash masalalari, kreativ fikrlaydigan chuqur bilimga ega, murakkab ijtimoiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishga qodir mutaxassislarni tayyorlash haqida tо‘xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.

918
14.10.2023