ZAMONAVIY NEMIS EKOFALSAFASIDAEKOLOGIK MAS’ULIYAT KATEGORIYASI

Ushbu maqolada zamonavıy nemis ekofalsafasining yutuqlari tahlil qilingan bo’lib, unda Global ekologik inqiroz sharoitida insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatini tubdan qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji ekofalsafa sohasining mustaqil va ahamiyatli yo‘nalish sifatida shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat faoliyatining tabiatga ta’siri natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar falsafiy tafakkurning ekologik mas’uliyat kategoriyasi atrofida birlashishiga sabab bo‘ldi. Ekologik mas’uliyat tushunchasi nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy-prakseologik ahamiyatga ega bo‘lgan konsepsiyaga aylandi. Bu borada, ayniqsa, nemis ekofalsafasi alohida o‘rin tutadi, chunki unda ekologik mas’uliyat nafaqat nazariy-aksiologik, balki prakseologik aspektda ham chuqur o‘rganilgan.

67
24.12.2025

IBN SINO RISOLALARIDA RUHIY TARBIYA MASALALARI

Ushbu maqolada Movarounnahr diyorida yashab ijod qilgan alloma, “Shayxu-r-rais” – Abu Ali ibn Sinoning axloqiy risolalari borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek ulug‘ mutafakkirning “Tadbiru-l-manzil”, “Risola fi-l-axloq” kabi risolalarida keltirilgan hikmatlarning inson ma’naviy kamolotidagi ahamiyati tahlil qilingan.

660
15.07.2024

XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY AHVOLI, TARIXIY SHART-SHAROITLAR

Ushbu maqolada XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvol, tarixiy shart-sharoitlar, ma’rifatparvarlik harakati, jadidchilik, mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashining ma’naviy asoslari masalalariga to’xtalinadi.

850
17.06.2023