SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARI INSON RUHIY TABIATI HAQIDAGI QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Sharq hamda G‘arbning tarixiy tajribasi, keskin falsafiy baxs munozaralar olib borish an’analari, falsafiy baxs munozara an’analari, qadriyatlari favqulodda muhim o‘rin tutadi. Erix Fromm va Forobiyning ilmiy faoliyatlari, boy, madaniy va ma’naviy meroslarini chuqur o‘rganish orqali bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo qilish, ma’naviy hayotni yuksaltirishda, avvalo yosh avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashda, ulardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma’naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o‘rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirish, ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy yetuk, fidoyi kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Erix Fromm va Forobiyning asarini chuqurroq o‘rganish va tatbiq etish orqali rahbar kadrlarning ma’naviy va kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularni vatan tuyg‘usi, mehnatsevarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ayniqsa, yoshlarni xalqimiz turmish tarziga, ma’naviyatiga yod illatlardan asrashda allomalarning ma’naviy merosi beqiyos ahamiyatga ega.

71
15.10.2024

MAMLAKATIMIZDA ZAMONAVIY HARBIY MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA SHARQ MA’RIFATIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada yurtimizda zamonaviy harbiy mutaxassislarni tayyorlashda sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib kamol toptirishdagi ahamiyati va Amir Temurning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san’ati hamda temuriylar davrida axloqiy-estetik g‘oyalarning rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.

111
15.07.2024

MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING “TA’VIZ UL-OSHIQIN” ASARIDA FALSAFIY GʻOYALAR: INSONNING TABIATI, AXLOQI VA JAMIYATDAGI OʻRNI

Ushbu maqolada biz Ogahiy Devonidagi insonparvarlik gʻoyalarini atroflicha ochib berishga harakat qilamiz. Chunki, insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan oʻrni falsafiy muammolar tizimida muhim oʻrin tutadi. Turli davrlar mobaynida, turli falsafiy taʼlimotlarda bu masalalar turlicha talqin qilib kelingan. Chunki inson mohiyati ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda oʻzligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini roʻyobga chiqarishga intilaveradi. Buyuk insonparvar mutafakkir Ogahiy ham mana shunday fikrlovchilarqatorida boʻlib, inson haqidagi gumanistik, maʼrifatparvar va demokratik konsepsiyalarning rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Shu jihatdan Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek oʻgʻli Ogahiyning sheʼriy ijodidagi insonparvarlik gʻoyalari va ulardagi ilmiy-falsafiy jihatlar yangi davr Markaziy Osiyo madaniyatining ajralmas qismi hioblanadi

401
29.04.2023