YOSHLAR TAFAKKUR TARZI HAMDA YOSHLAR BUNYODKORLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Yoshlar tafakkur tarzi hamda yoshlar bunyodkorlik faoliyatini shakllantirish omillariilmiy jihatdan asoslab berildi. Bugungi kunnda shaxs madaniy saviyasi shakllanishi jarayonining ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari, ijtimoiy-falsafiy jihatlari hamda bu boradagi madaniy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishning xususiyatlarini ochib berish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlat tomondan yaratib berilgan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy imkoniyatlardan foydalanib, yoshlarimiz ongiga bunyodkorlik g‘oyalarini singdirish bugungi kundagi milliy pedagogikamizning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.

26
02.11.2024

EKOLOGIK MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI

Ekologik munosabatlarning huquqiy asoslari inson faoliyati va tabiiy muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga soluvchi milliy va xalqaro qonunlarning murakkab o'zaro ta'sirini o'z ichiga oladi. 2022, 2023 va 2024 yillardagi so'nggi o'zgarishlar iqlim o'zgarishi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi va ifloslanish bilan kurashayotgan mamlakatlarda ekologik qonunning ahamiyati ortib borayotganini ta'kidladi. Parij kelishuvi va turli mintaqaviy kelishuvlar kabi asosiy qonunchilik asoslari transchegaraviy ekologik muammolarni hal qiluvchi hamkorlikda boshqaruv mexanizmlari zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari, barqaror rivojlanish tamoyillarining huquqiy tizimlarga integratsiyalashuvi mavjud qonunlarni zamonaviy ekologik muammolarga mos kelishini ta'minlash uchun qayta ko'rib chiqishga turtki bo'ldi. Xalqaro shartnomalarga qo'shimcha ravishda, mahalliy huquqiy tuzilmalar yanada mustahkamroq atrof-muhit muhofazasini o'z ichiga olgan holda rivojlanmoqda. Atrof-muhitga zarar yetkazish bilan bog'liq sud jarayonlarining kuchayishi sudlarni mavjud qonunlarni ekologik nuqtai nazardan talqin qilishga olib keldi va shu bilan korporatsiyalar va hukumatlar uchun javobgarlik doirasini kengaytirdi. 2023-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonlarida jamoatchilik ishtirokini oshirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha samarali boshqaruvni shakllantirishda fuqarolik jamiyatining roli tobora ortib borayotgan e’tirofini aks ettiradi. 2024-yilga qadam qo‘ysak, ekologik munosabatlarning huquqiy asoslari paydo bo‘layotgan ilmiy qarashlar va barqarorlik uchun jamiyat talablariga javob berishda davom etishi aniq.

49
15.10.2024

YUSUF XOS HOJIB FALSAFASIDA YETUK VA BARKAMOL AVLOD MUAMMOLARI

Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ham odamlar olamni anglashga harakat qilganlar. Borliqning mohiyatini, uni harakatlanish qonuniyatlarini o’rganishga urinib kelgan. Mifologik, diniy va ilmiy dunyoqarashning shakllanish bosqichi ma’lum bir xronologik ketma-ketlikda amalga oshmagani, ular aksariyat hollarda tarixiylik kontekstida olib qaraydigan bo’lsak, ustma-ust tushgan holda rivojlanib kelayotganiga guvoh bo’lamiz. Misol uchun, XXI asr bo’lishiga qaramasdan mifologik dunyoqarashning ayrim elementlari saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga diniy dunyoqarash ham spiralsimon rivojlangan holda, goh kuchli, goho esa nisbatan kuchsiz shaklda olamni anglashning usuli sifatida o’zini namoyon etmoqda. Falsafiy dunyoqarashning tarkibiy qismi bo’lgan olamni anglashga bo’lgan ilmiy yondashuv borasida ham juda katta o’zgarishlar yuz berib, ayrim hollarda mifologik va diniy dunyoqarash sohiblari zamonaviy ilmiy yutuqlarni o’zlarining irrasional xulosalarini dalillashda foydalanib kelmoqda. Bu jarayonlarning barchasi Yusuf Xos Hojib ijod qilgan davrdan ming yil keyin yuz berayotganini e’tiborga olsak, allomaning ma’rifatparvarlik va bilim fenomeni haqidagi qarashlari o’z davri uchun ham naqadar dolzarb va innovasion xususiyatga ega bo’lganini tushunish mumkin bo’ladi.

148
15.07.2024