ABU ALI IBN SINONING BORLIQ VA BILISH HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLARI

Maqolada Abu Ali ibn Sinoning borliq va bilish haqidagi falsafiy qarashlari ilmiy jihatdan manbalar asosida asoslab berilgan. Abu Ali ibn Sinoning ontologik qarashlari asosiy e’tibori bilan neoplatonizm ta’sirida shakllanganligiga guvox bo‘lamiz. Borliq xaqidagi ta’limotning tayanch kategoriyalari materiya, harakat, makon, vaqt, substansiyadir. Maqolada Abu Ali ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi, inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surganligi sharhlar bilan keltirildi.

37
02.11.2024

QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDA ILONLAR VA AJDARLAR OBRAZI

Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriya hududida xususan, Shimoliy Afg’onistonda olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida topilgan minglab muhr va tumorlarda ifodalangan tasvirlar orasida muhim ahamiyat kasb etadigan ilonlar va ajdarlar obrazi va bu obrazlar o’rtasidagi farqli mifologik tushunchalar haqida so’z yuritiladi.

140
22.05.2024

ABU BAKR AR-ROZIYNING “FALSAFIY HAYOT TARZI” ASARIDA SUQROT HAYOTINING YORITILISHI

Ushbu maqolada biz Abu Bakr ar-Roziyning “Falsafiy hayot tarzi” asari orqali Suqrotning ikki xil hayoti orqali insonlarda falsafiy turmush tarzi qanday bo‘lishi kerakligi haqida mulohazalar yuritdik. Maqolada Suqrot hayotidan misollar keltirilgan bo‘lib, uning hayotidagi yutuq va kamchilliklar bayon qilingan. Shuningdek Suqrotning oddiyligining sababi, nega bunday oddiy hayot kechirgani yoritilgan.

205
28.03.2024

XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY AHVOLI, TARIXIY SHART-SHAROITLAR

Ushbu maqolada XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvol, tarixiy shart-sharoitlar, ma’rifatparvarlik harakati, jadidchilik, mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashining ma’naviy asoslari masalalariga to’xtalinadi.

281
17.06.2023

YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM VA ILM SOHALARI RIVOJLANISHNING YANGI DAVRIDAGI MUHIM ASOSLARI

Muallif o’z maqolasida O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida so’z yuritib, mavzuni ochib berishga harakat qilgan. So’nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog’cha tarbiyalanuvchilari, o’quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o’rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

280
29.04.2023

MUHIM INVAZIV TURLARINING BIOLOGIYASI VA HAYOTIY SIKLLARI (MARKAZIY FARG‘ONA HUDUDI MISOLIDA)

Maqolada Markaziy Farg‘ona sharoitida tarqalgan muhim invaziv turlarning sabzavot-poliz ekin maydonlarida tarqalishi va biologiyasi doir ma’lumotlar keltirilgan. Markaziy Farg‘ona sharoitida tarqalgan muhim invaziv turlarning sabzavot-poliz ekin maydonlarida tarqalishi va biologiyasi o‘rganilib, fenologik kalendlarlari ishlab chiqildi. Invaziv turlardan Agriotes sputator (ekish mavsumi chertmakchisi), Leptinotarsa decemlineata (Kolorado qo‘ng‘izi), Phthorimaea operculella (kartoshka kuyasi), Tuta absoluta (pomidor kuyasi) hamda Delia platura (piyoz pashshasi)ning rivojlanishi, ko‘payishi, o‘simliklarga zarar keltirishi va rivojlanish bosqichlari tahlil etildi.

181
12.11.2022