ABU ALI IBN SINONING BORLIQ VA BILISH HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLARI

Maqolada Abu Ali ibn Sinoning borliq va bilish haqidagi falsafiy qarashlari ilmiy jihatdan manbalar asosida asoslab berilgan. Abu Ali ibn Sinoning ontologik qarashlari asosiy e’tibori bilan neoplatonizm ta’sirida shakllanganligiga guvox bo‘lamiz. Borliq xaqidagi ta’limotning tayanch kategoriyalari materiya, harakat, makon, vaqt, substansiyadir. Maqolada Abu Ali ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi, inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surganligi sharhlar bilan keltirildi.

11
02.11.2024

SANOAT LOKOMOTIVLARINING XIZMAT MUDDATINI UZAYTIRISHDA BAJARILADIGAN ASOSIY ISHLAR

Ushbu maqolada belgilangan xizmat muddati tugagan temir yo‘llarning tortuvchi harakatlanuvchi tarkiblarining, jumladan sanoat lokomotivlarining xizmat muddatini me’yoriy hujjatlarga asosan uzaytirish tartibining tahlili keltirilgan. Bundan tashqari lokomotivlarning qoldiq xizmat muddatini baholash uchun olib borilishi zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarining ro‘yxati va tartibi haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

196
17.10.2023

XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY AHVOLI, TARIXIY SHART-SHAROITLAR

Ushbu maqolada XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvol, tarixiy shart-sharoitlar, ma’rifatparvarlik harakati, jadidchilik, mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashining ma’naviy asoslari masalalariga to’xtalinadi.

274
17.06.2023

ADABIY TARJIMADA PRAGMATIK YONDOSILADAN FOYDALANISH

So‘nggi yigirma yillikda badiiy tarjimaga pragmatik nuqtai nazardan yondashishga qiziqish kuchaydi, chunki pragmatika ham, tarjima ham kommunikativ vaziyatlar bilan bog‘liq. Badiiy tarjimada pragmatik munosabatlar semantik munosabatlar ustiga qo‘yilgan bo‘lib, manba matnni tahlil qilishda ham, tarjima tilidagi ekvivalent matn yaratishda ham birdek muhim rol o‘ynaydi. Tarjimaning pragmatik moslashuvi maqsadli qabul qiluvchiga xabarning oqibatlarini tushunish va uning majoziy va situatsion ma'nosini anglash imkonini berishi kerak. Maqolada pragmatik muammolar nutq aktlari, presuppozitsiyalar, implikatsiyalar, deyktik ifodalar va xushmuomalalik formulalari kabi pragmatik tamoyillardan foydalangan holda tahlil qilinadi.

194
09.06.2023

JADID MARIFATPARVARLARI G’OYALARIDA XOTIN – QIZLARNI O’QITISHNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI

Jamiyatda ayolning o’rni va roli qanday? Insoniyat ming yillardan buyon ushbu savolga javob izlaydi. Bugungi texnologiyalar taraqqiyoti, ulkan kashfiyotlar zamonida bu masala yanada dolzarb va o’tkirroq ko’rinish olmoqda. Birlashgan Millatlar tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, ayni paytda jamiyatda ayolning ahvoli va roli muammosi ekologik-iqtisodiy masalalardan keyin ikkinchi o’rinda turibdi.

206
29.04.2023