DINSHUNOSLIK YO‘NALISHI TALABALARINING INGLIZ TILI KO‘NIKMALARI ORQALI DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada dinshunoslik yo‘nalishi bakalavr talabalarida ingliz tili o‘qitish jarayoni orqali deontologik kompetentlikni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch, qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo‘ylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlarning kasb egalariga, xususan, dinshunoslik soha vakillariga nechog‘li muhim ekaniga e’tibor qaratiladi. Ingliz tilining to‘rtta asosiy ko‘nikmasi — o‘qish (reading), yozish (writing), tinglab-tushunish(listening) va gapirish (speaking) — deontologik mazmundagi materiallar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarning kasbiy axloq me’yorlarini chuqur o‘zlashtirishiga zamin yaratish mumkinligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari dinshunoslik ta’limida ingliz tili o‘qitishini deontologik yo‘nalishda takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar beradi.

73
08.04.2026

ARASTU VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Mazkur maqolada antik davr yunon faylasufi Arastu hamda musulmon sharq olamining yirik mutafakkiri Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida har ikki faylasufning baxt-saodat, fazilat, komil inson va axloqiy kamolot haqidagi gʻoyalari oʻrganiladi. Shuningdek ularning axloqiy konsepsiyalaridagi oʻxshash va farqli tomonlari aniqlanib, Gʻarb va Sharq etikasi oʻrtasidagi bogʻliqlik tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Ibn Miskovayhning axloqiy qarashlari Aristotel falasafasining oʻzaro ta’sirlashuvi va va bu gʻoyalar islom axloqi bilan boyitilganligi asoslab berildi.

164
25.03.2026

XOJA AHMAD YASSAVIYNING AXLOQIY QARASHLARINING BARKAMOL SHAXS TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada xoja ahmad yassaviyning axloqiy qarashlarining barkamol shaxs tarbiyalashdagi ahamiyati hamda tarbiyaning tarixiy ildizlari, yurtimizda inson ma’naviy axloqiy tarbiyasi muammosi bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda ilgari surilgan. Bugungi kunda barkamol shaxs tarbiyalashda buyuk ajdodlar merosini o’rni haqida to’xtalib o’tilgan.

781
09.02.2025

SHARQ ALLOMALARINING DUNYOQARSHIDA TA’LIM-TARBIYA MASALASI

Mazkur maqolada har doim ham dolzarb hisoblangan ta’lim va tarbiya masalalari tahlilga tortilgan. Bu tahlillar sharq allomalarining ta’lim va tarbiya hamda ilm-ma’rifatga oid fikrlari ularning asarlari asosida amalga oshirilgan. Qolaversa ta’lim va tarbiya masalasining bugungi kundagi ahamiyati ko’rsatib berilgan.

1161
24.03.2023