BO'LAJAK CHET TILI O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA IXTISOSLASHTIRILGAN FANLARNI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: O'ZBEKISTONDAGI TA'LIM TIZIMI MISOLIDA

Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlashda ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘qitish til bilimiga ega va individual o‘qitish malakasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mavjud metodologiyalar ko‘rib chiqiladi, kamchiliklar aniqlanadi va takomillashtirish strategiyalari, texnologik yutuqlarni integratsiyalashuvi, fanlararo yondashuvlar va faol o‘qitish usullari taklif etiladi. Ushbu metodikalarni takomillashtirish orqali O‘zbekistonda o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlari zamonaviy til ta’limi talablariga javob beradigan o‘qituvchilarni yaxshiroq tayyorlashi mumkin.

100
05.06.2024

ABU BAKR AR-ROZIYNING “FALSAFIY HAYOT TARZI” ASARIDA SUQROT HAYOTINING YORITILISHI

Ushbu maqolada biz Abu Bakr ar-Roziyning “Falsafiy hayot tarzi” asari orqali Suqrotning ikki xil hayoti orqali insonlarda falsafiy turmush tarzi qanday bo‘lishi kerakligi haqida mulohazalar yuritdik. Maqolada Suqrot hayotidan misollar keltirilgan bo‘lib, uning hayotidagi yutuq va kamchilliklar bayon qilingan. Shuningdek Suqrotning oddiyligining sababi, nega bunday oddiy hayot kechirgani yoritilgan.

204
28.03.2024

TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR – MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH GAROVI

Ushbu maqolada ta’limdagi islohotlar – malakali kadrlar tayyorlash garovi va malakali kadrlar tayyorlash maqsadida amaliy mashg‘ulot darslarini о‘tkazishda zamonaviy ta’limning innovatsion interaktiv usullarni qо‘llash masalalari xususida mulohaza yuritilgan, hamda ta’lim-tarbiya jarayonida о‘qituvchi va talaba о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik vazifalari kо‘rsatib о‘tilgan

198
26.11.2023