XALQARO HUQUQIY TA’LIM STANDARTLARI VA ULARNING MILLIY TA’LIM TIZIMIGA TATBIQI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Mazkur ilmiy ishda zamonaviy ta’lim jarayonlarini xalqaro me’yor va ko‘rsatkichlar asosida rivojlantirish hamda ularni mahalliy sharoitga moslashtirish masalalari tahlil qilinadi. Jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan huquqiy ta’lim yondashuvlari, jumladan, o‘quv dasturlarini kompetensiyaga asoslangan tarzda shakllantirish, akademik erkinlikni kengaytirish va ta’lim sifati monitoringini mustahkamlash mexanizmlari ilmiy jihatdan o‘rganilib, ular mahalliy ta’lim siyosatidagi islohotlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shu bilan birga, milliy huquqiy tizimni global standartlarga moslashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari va bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning nazariy asoslari sifatida xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohasidagi hujjatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va milliy qonunchilik talablari tahlil etilgan. Natijada, ta’lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali huquqiy sohada yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishning konseptual yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.

44
18.10.2025

AN’ANAVIY XO‘JALIKDA FENOLOGIK BILIMLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Maqolada turkiy xalqlar tomonidan an’anaviy xo‘jalik turlari, xususan, dehqonchilik, chorvachilik va bog‘dorchilikni yuririshda foydalanilgan fenologik qarashlar va bilimlar, samoviy va tabiat hodisalarini kuzatib borish natijasida to‘plangan bilimalar asosida yaratilgan turli taqvimlar, fenologik bilimlarning xo‘jalik yuritishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.

473
09.12.2023

BUGUNGI KUNDA CHET TILINI O‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING TAHLILI

Ushbu maqolada bugungi kunda chet tilini o‘qitish muammolari va kompyuter lingvistikasi tahlil asoslash orqali bо‘lajak chet tili о‘qituvchisini metodik tayyorlashning tarkibiy va funksional modelini takkomillashtirishning mazmuni va darajalarini aniqlash ularni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini beradi. Bо‘lajak chet tili о‘qituvchilarini zamonaviy usulda tayyorlash masalalari, kreativ fikrlaydigan chuqur bilimga ega, murakkab ijtimoiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishga qodir mutaxassislarni tayyorlash haqida tо‘xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.

537
14.10.2023