MADANIY ALOQALARDA ROSSIYA-XITOY HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH ISTIQBOLLARI

Rossiya-Xitoy madaniyatlararo munosabatlarini rivojlantirish XXI asrga yo‘naltirilgan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikning eng muhim jihatlaridan biridir. Hozirgi vaqtda Rossiya-Xitoy madaniyatlararo almashinuvi dastlabki muvaffaqiyatlarga erishdi va keng rivojlanish istiqbollarini namoyish etmoqda. Xitoy va Rossiya o'rtasidagi gumanitar va ijtimoiy sohalardagi almashinuv va hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, Rossiya-Xitoy munosabatlarining barqaror va sog'lom rivojlanishiga ko'maklashish uchun ko'proq harakat qilish kerak.

60
23.07.2025

XIX ASR INGLIZ ADABIYOTIDA BOLALIK TASVIRI

Ushbu maqola XIX asr ingliz adabiyotidagi bolalik obrazlarini ijtimoiy, psixologik va madaniy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Sharlotta Bronte va Charlz Dikkensning “Oliver Tvist” asaridan tashqari, Tomas Hardi, Elizabeth Gaskell, Jorj Eliot va Uilyam Uordsvort kabi yozuvchilarning asarlarida bolalik qanday tasvirlangani o‘rganiladi. Maqola Viktoriya davri ijtimoiy muammolari, bolalikka munosabat va adabiyotdagi ramziy ma’nolarni ochib beradi. Bolalik obrazlari orqali mualliflarning ijtimoiy tanqid va psixologik dunyoqarashi ko‘rsatiladi.

93
02.07.2025

ABU NASR FAROBIYNING AXLOQIY QARASHLARIDA IJTIMOIY UYG‘UNLIK MASALALARI TAHLILI

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiyning adolat, axloq va ijtimoiy uyg'unlik haqidagi falsafiy qarashlari tahlil qilinadi. Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asari asosida uning ideal jamiyat haqidagi ta'limoti, adolat tamoyillari, axloqiy fazilatlar va ijtimoiy uyg'unlikka erishish yo'llari o'rganiladi. Shuningdek, Farobiy g'oyalarining bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligi ko'rib chiqiladi.

219
13.04.2025

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FRANKOFON DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI VA DAVLAT SIYOSATI

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi va Frankofoniya mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy munosabatlarning tarixiy evolyutsiyasi va davlat siyosati yoritilgan. Unda ikki tomonlama madaniy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy bosqichlari ko‘rib chiqilib, o‘zaro g‘oyalar, an’analar va qadriyatlar almashinuvi yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekistonning fransuzzabon davlatlar bilan madaniy diplomatiyani mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarini o‘rganadi, asosiy e’tibor ta’lim, san’at, merosni saqlash va til sohasidagi hamkorlik kabi sohalarga qaratiladi. Bundan tashqari, maqolada xalqaro tashkilotlar va madaniy shartnomalarning ushbu aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Ushbu munosabatlarning O‘zbekistonning global madaniy mavjudligiga ta’sirini tahlil qilib, maqolada madaniy diplomatiya xalqaro hamkorlik va o‘zaro tushunish vositasi sifatidagi muhimligi ta’kidlangan.

304
09.02.2025

О‘ZBEK TILIDA ZAMОNNING IFОDALANISHI

Bu maqolada o’zbek tilida vaqt tushunchasining ifodalanishiga oid mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, ushbu masala tadqiqotchilarning mavzuga oid olib borgan izlanishlari hamda o’zbek adabiyotining mashhur asarlari asosida yoritib berilgan.

389
05.06.2024

АБДУРАҲМОН АБУЗАЙД ИБН ХАЛДУННИНГ ҲАЁТИ ВА ФАОЛИЯТИ ҲАҚИДА МУЛОҲАЗАЛАР

Мазкур мақолада араб мутафаккири Абдураҳмон Абузайд ибн Халдуннинг ҳаётий фаолияти ёритилган. Мақолада Абдураҳмон Абузайд ибн Халдуннинг ҳаёти ва фаолияти мутафаккирнинг асарлари ҳамда хорижий тадқиқотчиларнинг тадқиқотлари асосида таҳлили қилинган.

652
14.05.2023