ABU NASR FAROBIYNING AXLOQIY QARASHLARIDA IJTIMOIY UYG‘UNLIK MASALALARI TAHLILI

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiyning adolat, axloq va ijtimoiy uyg'unlik haqidagi falsafiy qarashlari tahlil qilinadi. Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asari asosida uning ideal jamiyat haqidagi ta'limoti, adolat tamoyillari, axloqiy fazilatlar va ijtimoiy uyg'unlikka erishish yo'llari o'rganiladi. Shuningdek, Farobiy g'oyalarining bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligi ko'rib chiqiladi.

59
13.04.2025

TALABALAR VA YOSHLARNING TA’LIM JARAYONINDA QADYATLARNING O‘RNI.

Ushbu maqolada asosiy e'tibor o'quvchilarni tarbiyalash jarayonida qadriyatlarning roliga qaratiladi. Oliy ta'limdagi ta'lim jarayonining sifati ko'plab omillarga bog'liq bo'lib, ular orasida o'qitish usullari va usullari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular o‘quvchilarda bilimlarni ongli va chuqur o‘zlashtirishga, mustaqillik va ijodiy faollikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Usul va usul tushunchalari o'zaro bog'langan, chunki ularning har biri ham usul, ham usul sifatida namoyon bo'ladi.

128
09.02.2025

XOJA AHMAD YASSAVIYNING AXLOQIY QARASHLARINING BARKAMOL SHAXS TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada xoja ahmad yassaviyning axloqiy qarashlarining barkamol shaxs tarbiyalashdagi ahamiyati hamda tarbiyaning tarixiy ildizlari, yurtimizda inson ma’naviy axloqiy tarbiyasi muammosi bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda ilgari surilgan. Bugungi kunda barkamol shaxs tarbiyalashda buyuk ajdodlar merosini o’rni haqida to’xtalib o’tilgan.

143
09.02.2025

YOSHLAR DUNYO QARASHINING SHAKLLANISHIGA GLOBALLASHISH JARAYONINING TA’SIRI.

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda talaba yoshlarning dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishning oldini olish masalalari muhokama qilinadi va tahlil qilinadi.

145
02.11.2024

PLATONNING IJTIMOIY-SIYOSIY QARASHLARIDAGI ERKINLIK TUSHUNCHASIGA SALBIY YONDASHUV TAHLILI

Maqolada antik davr faylasuflaridan biri Platonning erkinlik tushunchasi haqidagi tasavvurlari о‘rganilgan. Qadimgi yunon jamiyatidagi erkinlik dinamikasi kо‘rib chiqilgan. Erkinlikning qonun va davlat bilan bog‘liqligi kо‘rsatilgan. Erkinlikning salbiy holatlari talqin etilgan. Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkinlik tushunchasini bir yoqlamali tariflashning iloji mavjud emas, uning ilk talqinlari ildizi antik davrga borib taqalib, ularni barcha nuqtayi nazarlarning asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ushbu maqolada ko’rsatilgan tadqiqot ishida esa Platonning ijtimoiy-siyosiy qarashlaridagi ideal davlat safiga kirmaydigan jamiyatlar birma bir ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijasida uning ushbu jamiaytida erkinlik illat sifatida qoralanganligi o‘rganilgan.

209
15.10.2024

MO’TAZILIYLARNING DINIY FALSAFIY QARASHLARI

Ushbu maqolada Mo’taziliylarning diniy va falsafiy qarashlariga bag’ishlangan bo’lib, Mutaziliylarning asosiy tamoyillariga tayangan holda yozilgan. Maqolada Mutaziliylarning diniy va falsafiy qarashlari ham diniy ham ilmiy Izohlashga harakat qilingan.

268
09.09.2024

YUSUF XOS HOJIB FALSAFASIDA YETUK VA BARKAMOL AVLOD MUAMMOLARI

Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ham odamlar olamni anglashga harakat qilganlar. Borliqning mohiyatini, uni harakatlanish qonuniyatlarini o’rganishga urinib kelgan. Mifologik, diniy va ilmiy dunyoqarashning shakllanish bosqichi ma’lum bir xronologik ketma-ketlikda amalga oshmagani, ular aksariyat hollarda tarixiylik kontekstida olib qaraydigan bo’lsak, ustma-ust tushgan holda rivojlanib kelayotganiga guvoh bo’lamiz. Misol uchun, XXI asr bo’lishiga qaramasdan mifologik dunyoqarashning ayrim elementlari saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga diniy dunyoqarash ham spiralsimon rivojlangan holda, goh kuchli, goho esa nisbatan kuchsiz shaklda olamni anglashning usuli sifatida o’zini namoyon etmoqda. Falsafiy dunyoqarashning tarkibiy qismi bo’lgan olamni anglashga bo’lgan ilmiy yondashuv borasida ham juda katta o’zgarishlar yuz berib, ayrim hollarda mifologik va diniy dunyoqarash sohiblari zamonaviy ilmiy yutuqlarni o’zlarining irrasional xulosalarini dalillashda foydalanib kelmoqda. Bu jarayonlarning barchasi Yusuf Xos Hojib ijod qilgan davrdan ming yil keyin yuz berayotganini e’tiborga olsak, allomaning ma’rifatparvarlik va bilim fenomeni haqidagi qarashlari o’z davri uchun ham naqadar dolzarb va innovasion xususiyatga ega bo’lganini tushunish mumkin bo’ladi.

292
15.07.2024

ALISHER NAVOIY MA'NAVIY-AXLOQ MORASINI YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHMIYATI.

Aytish joizki, Alisher Navoiyning ma’naviyat va madaniyat durdonalari nafaqat xalqimiz, balki jahon xalqlari tomonidan ham e’tirof etilgan. Alisher Navoiy ijodida tarbiya, axloq, odob masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning fikricha, yosh avlodni insonparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega insonlar etib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda ta’lim yetakchi o‘rin tutishi, ta’limning cho‘qqisi ekanligi ta’kidlanadi.

335
09.12.2023