VAQT KOMPARATIVISTIKASI: SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA (IBN SINO, ANRI BERGSON, MARTIN XAYDEGGER)

Ushbu maqolada о‘rta asr islom falsafasi vakili Ibn Sino (Avitsenna), XX asr fransuz falsafasi vakili Anri Bergson va nemis ekzistensial falsafasi vakili Martin Xaydeggerning vaqt konsepsiyalari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada ularning vaqtga bо‘lgan munosabati, metodologik yondashuvlari, о‘xshashlik va farqlari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida vaqt falsafasining Sharq-G‘arb an’analari о‘rtasidagi uzluksizlik va о‘ziga xosliklari kо‘rsatiladi.

7
14.10.2026