Ushbu maqolada qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik davrigacha bosh xudo vazifasini bajargan quyosh xudosi Mitraning “Avesto”da, me’morchilik obidalari va moddiy madaniyatda ifodalanishi hamda diniy qarashlardagi o’rni haqida so’z yuritiladi.

Ushbu maqolada dastlabki mifologik qarashlar va ularning turli timsollar tarzida namoyon bo’lishi bayon etilgan. Mifologiyaning asosiy tushunchalari: totem, fetish va anima kabi tushunchalarning etimologiyasi tahlil etilgan. Zardushtiylik mifologiyasidagi ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi kurashlar va ular turli xudo va devlar timsolllarida namoyon bo’lishi va Avesto mifologiyasida hikoya qilingan xalq qahramonlari va ezgulik timsollari yoritilgan.
Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriyadagi, xususan, Shimoliy Afg‘onistondagi minglab qabrlardan talon-taroj qilish natijasida topilgan noyob tasvirlarga ega qadimiy gliptika va sfragistikaning bebaho kolleksiyalari, muhr va tumorlarda tasvirlarning shakllanishi, ularning muhrlar tasvirlari bilan o‘xshashliklari va farqlari tahlil qilingan. Sopollitepa madaniyatining tumorlari muhokama qilinadi.