ZAMONAVIY NEMIS EKOFALSAFASIDAEKOLOGIK MAS’ULIYAT KATEGORIYASI

Ushbu maqolada zamonavıy nemis ekofalsafasining yutuqlari tahlil qilingan bo’lib, unda Global ekologik inqiroz sharoitida insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatini tubdan qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji ekofalsafa sohasining mustaqil va ahamiyatli yo‘nalish sifatida shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat faoliyatining tabiatga ta’siri natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar falsafiy tafakkurning ekologik mas’uliyat kategoriyasi atrofida birlashishiga sabab bo‘ldi. Ekologik mas’uliyat tushunchasi nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy-prakseologik ahamiyatga ega bo‘lgan konsepsiyaga aylandi. Bu borada, ayniqsa, nemis ekofalsafasi alohida o‘rin tutadi, chunki unda ekologik mas’uliyat nafaqat nazariy-aksiologik, balki prakseologik aspektda ham chuqur o‘rganilgan.

67
24.12.2025

SERGEY YESENIN: SHE'RDA ​​TABIAT OVOZI

Maqolada Sergey Yeseninning she’riyatidagi tabiat obrazi tahlil qilinadi. Unda tabiat uning she’rlarida qanday qilib tirik mavjudotga aylanib, shoirning ichki dunyosini aks ettirishi ko‘rsatiladi. Tabiat obrazlarining ramziy ma’nolari orqali hayot, vaqt va abadiylik haqidagi falsafiy mulohazalar yoritiladi. Shuningdek, uning she’rlarini o‘quvchiga yaqin va tushunarli qiluvchi uslubiy xususiyatlari o‘rganiladi.

505
14.05.2025

AN’ANAVIY XO‘JALIKDA FENOLOGIK BILIMLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Maqolada turkiy xalqlar tomonidan an’anaviy xo‘jalik turlari, xususan, dehqonchilik, chorvachilik va bog‘dorchilikni yuririshda foydalanilgan fenologik qarashlar va bilimlar, samoviy va tabiat hodisalarini kuzatib borish natijasida to‘plangan bilimalar asosida yaratilgan turli taqvimlar, fenologik bilimlarning xo‘jalik yuritishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.

579
09.12.2023