Mazkur maqolada inson resurslari va mehnat resurslarini boshqarishning iqtisodiy mohiyati, ularning nazariy-uslubiy asoslari va bir-biridan farqlovchi jihatlari tahlil qilingan. Klassik va zamonaviy iqtisodiy maktablarning ushbu tushunchalarga bo‘lgan yondashuvlari umumlashtirilib, inson resurslarini boshqarish jarayonining tarkibiy bosqichlari ilmiy asoslangan holda tizimlashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va bandlik bozorining so‘nggi yillardagi dinamikasi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, jadval va diagrammalar orqali vizuallashtirilgan. Xorijiy mamlakatlarning inson resurslarini boshqarish tajribasi qiyosiy tahlil etilgan hamda milliy iqtisodiyot sharoitida ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.