BUGUNGI KUNDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSTAQIL (KREATIV) FIKRLASHGA OʻRGATISH METODIKASI

Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish metodikasi hamda Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni mustaqil mulohaza yuritishga yoʻnaltirishda ularga xos boʻlgan psixologik va pedagogik xususiyatlarni inobatga olish muvaffaqiyatga erishish garovidir. Hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi bolalar psixik xususiyatlari rivojlanishining mustaqil fikrlash jarayoniga taʼsiri haqidagi maʼlumotlar keltirilib, muammo va yechimlar haqida soʻz yuritiladi

129
23.02.2025

CHET TILLARNI O'RGANISHDA ZAMONAVIY USUL VA METODOLOGIYA (INGLIZ TILI MISOLIDA)

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari, o‘qituvchining o‘z ustidagi faoliyati, mas’uliyat hissi, chet tilini o‘qitish metodikasi, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar turlari, ulardan foydalanish, shuningdek, ushbu sohadagi muammolar va yechimlar ko‘rib chiqiladi.

141
09.02.2025

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GASTRONOMIC ATAMALAR TADQIQI

Ushbu tadqiqot ingliz va o’zbek tillaridagi gastronomic terminologiyaning lingvistik va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Unda oziq-ovqat an’analari, qadriyatlar va hayot tarzi, qanday aks etishini tahlil qilib, gastronomik ifodalarni shakllantirishdagi madaniy kontekstning o’ziga xos jihatlariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot palov va somsa kabi o’zbek taomlarini pie va pudding kabi ingliz taomlari bilan qiyoslaydi hamda lingvistik va madaniy farqlarni ko’rsatadi. Shuningdek, globallashuvning ikki til orasidagi oshxona atamalarining almashinuvida qanday rol o’ynashi o’rganiladi. Topilmalar madaniyatlararo muloqotni tushunishga va oziq –ovqatning o’zaro hurmatni rivojlantirishdagi ahamiyatni ochib beradi.

158
16.01.2025

MUNOZARA – ILMIY BILISH FAOLIYATINING TARKIBIY QISMI SIFATIDA

Ushbu maqola ilmiy bilish faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lgan bahs-munozaraning zamonaviy talqiniga bag‘ishlangan. Bahs-munozaraning nazariy asoslari, ilmiy bilimlarni shakllantirishdagi o‘rni va tanqidiy tafakkur rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. An’anaviy shakllar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga olgan holda, ilmiy munozaralarni tashkil etishning turli yondashuvlari qiyosiy tahliliga alohida e’tibor qaratilgan. Munozaraning kognitiv, metodologik va kommunikativ jihatlari hamda ularning fanlararo tadqiqotlarga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif fan raqamlashuvi sharoitida munozara olib borish usullarini takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

131
15.12.2024

POSTMODERN JAMIYATDA BAG'RIKENGLIK PRINSİPLARINING TRANSFORMASIYASI.

Ushbu maqola postmodern jamiyat kontekstida tolerantlik deformatsiyasi fenomenini o'rganadi. Maqolada bag'rikenglik kontseptsiyasining buzilishiga olib keladigan asosiy omillar, jumladan, qiymat relativizmi, axborotning haddan tashqari yuklanishi, globallashuv va haddan tashqari siyosiy to'g'rilik ko'rib chiqiladi. Tolerantlik deformatsiyasining psevdotolerantlik, selektiv va agressiv tolerantlik kabi turli ko'rinishlari tahlil qilinadi. Maqolada muammoning murakkabligi va ko'p qirraliligini ko'rsatadigan keng ko'lamli nazariy ishlar va empirik tadqiqotlar o'rin olgan. Alohida e'tibor jamiyat uchun tolerantlik deformatsiyasining oqibatlariga, jumladan, ijtimoiy tarqoqlikka, axloqiy me'yorlarning emirilishiga va keskinlikning kuchayishiga qaratiladi. Xulosa qilib aytganda, ta'lim, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va ochiq muloqot uchun platformalar yaratish asosida muammoning mumkin bo'lgan echimlari taklif etiladi. Maqolada chinakam o‘zaro tushunish va farqlarni hurmat qilishga erishish uchun zamonaviy dunyoda bag‘rikenglik tushunchasini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlangan.

238
31.08.2024

DIN VA TILNING O'ZARO TA'SIRI

Ushbu maqolada din va til o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq masalalar yoritilgan. Bu bog'liqlik din va til o'rtasidagi murakkab munosabatlarni, insoniyat tsivilizatsiyasining bu ikki asosiy jihati bir-biriga qanday ta'sir qilishini va shakllantirishini o'rganadi. Til diniy ifoda vositasi boʻlib, shaxslar va jamoalarga oʻz eʼtiqodlari, marosimlari va ruhiy kechinmalarini ifodalash imkonini beradi. Shuningdek, u har bir e'tiqodga xos bo'lgan o'ziga xos terminologiyalar, idiomalar va iboralarni ishlab chiqish orqali diniy o'ziga xoslikni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, til diniy matnlarni talqin qilish va tushunishga ta'sir qiladi. Ko'p madaniyatli va ko'p tilli jamiyatlarda til dinlararo muloqot, turli diniy jamoalar o'rtasida bag'rikenglik va hamkorlikni rivojlantirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.

313
26.11.2023

BUGUNGI KUNDA O‘SMIRLAR UCHUN INGLIZ TILINI OʼQITISHNING ZАMONАVIY METODOLOGIYASINING AFZALLIGI

Ushbu maqolamizda yurtimizda taʼlim muassalari hamda, nodavlat oʼquv muassasalarida bugungi kunda o'smirlar uchun ingliz tili oʼqitishning zаmonаviy metodologiyasining afzalligi boʼlgan yehtiyoz tufayli ingliz tilini oʼqitishning zamonaviy texnologiyalar yordamida, yangicha metologiyalardan foydalanib fundamental, lingvosotsiomadaniy, kommunikativ metodlar qiyosiy tahlil etilgan, ularning taʼlim jarayonidagi oʼrni va ahamiyati koʼrsatilib ilmiy chiqatdan yoritilgan.zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarni ingliz tiliga oʼrgatishning yoʼllari haqida fikr yuritilgan.

342
14.10.2023

BUGUNGI KUNDA CHET TILINI O‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING TAHLILI

Ushbu maqolada bugungi kunda chet tilini o‘qitish muammolari va kompyuter lingvistikasi tahlil asoslash orqali bо‘lajak chet tili о‘qituvchisini metodik tayyorlashning tarkibiy va funksional modelini takkomillashtirishning mazmuni va darajalarini aniqlash ularni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini beradi. Bо‘lajak chet tili о‘qituvchilarini zamonaviy usulda tayyorlash masalalari, kreativ fikrlaydigan chuqur bilimga ega, murakkab ijtimoiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishga qodir mutaxassislarni tayyorlash haqida tо‘xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.

305
14.10.2023