ABU NASR FAROBIYNING AXLOQIY QARASHLARIDA IJTIMOIY UYG‘UNLIK MASALALARI TAHLILI

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiyning adolat, axloq va ijtimoiy uyg'unlik haqidagi falsafiy qarashlari tahlil qilinadi. Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asari asosida uning ideal jamiyat haqidagi ta'limoti, adolat tamoyillari, axloqiy fazilatlar va ijtimoiy uyg'unlikka erishish yo'llari o'rganiladi. Shuningdek, Farobiy g'oyalarining bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligi ko'rib chiqiladi.

61
13.04.2025

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FRANKOFON DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI VA DAVLAT SIYOSATI

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi va Frankofoniya mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy munosabatlarning tarixiy evolyutsiyasi va davlat siyosati yoritilgan. Unda ikki tomonlama madaniy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy bosqichlari ko‘rib chiqilib, o‘zaro g‘oyalar, an’analar va qadriyatlar almashinuvi yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekistonning fransuzzabon davlatlar bilan madaniy diplomatiyani mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarini o‘rganadi, asosiy e’tibor ta’lim, san’at, merosni saqlash va til sohasidagi hamkorlik kabi sohalarga qaratiladi. Bundan tashqari, maqolada xalqaro tashkilotlar va madaniy shartnomalarning ushbu aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Ushbu munosabatlarning O‘zbekistonning global madaniy mavjudligiga ta’sirini tahlil qilib, maqolada madaniy diplomatiya xalqaro hamkorlik va o‘zaro tushunish vositasi sifatidagi muhimligi ta’kidlangan.

111
09.02.2025

О‘ZBEK TILIDA ZAMОNNING IFОDALANISHI

Bu maqolada o’zbek tilida vaqt tushunchasining ifodalanishiga oid mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, ushbu masala tadqiqotchilarning mavzuga oid olib borgan izlanishlari hamda o’zbek adabiyotining mashhur asarlari asosida yoritib berilgan.

267
05.06.2024

АБДУРАҲМОН АБУЗАЙД ИБН ХАЛДУННИНГ ҲАЁТИ ВА ФАОЛИЯТИ ҲАҚИДА МУЛОҲАЗАЛАР

Мазкур мақолада араб мутафаккири Абдураҳмон Абузайд ибн Халдуннинг ҳаётий фаолияти ёритилган. Мақолада Абдураҳмон Абузайд ибн Халдуннинг ҳаёти ва фаолияти мутафаккирнинг асарлари ҳамда хорижий тадқиқотчиларнинг тадқиқотлари асосида таҳлили қилинган.

535
14.05.2023