Barcha maqolalar

BADIIY TARJIMANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada badiiy tarjimaning ilmiy-nazariy asoslari, uning insoniyat tarixi va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Maqolada tarjimashunos olimlar Anna Mariya Rojo, Piter Nyumark, G‘aybulla Salomov va Qudrat Musayevlarning tarjima jarayoniga doir ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Badiiy tarjimaning o‘ziga xos murakkabliklari, xususan, asliyatdagi stilistik vositalar, milliy bo‘yoqdorlik va muallif uslubini saqlab qolgan holda qayta yaratish masalalari yoritilgan. Shuningdek, qardosh va turli til oilalariga mansub tillar o‘rtasidagi tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlari hamda tarjimon mahoratining ahamiyati asoslab berilgan.

335
30.01.2026

IBROHIM MO‘MINOVNING ILMIY MAKTABI VA UNING MILLIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI XIZMATLARI

Mazkur maqolada XX asr o‘zbek falsafasi va ijtimoiy-gumanitar fanlari taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan akademik Ibrohim Mo‘minov tomonidan asos solingan ilmiy maktab hamda uning O‘zbekistonda milliy-ilmiy kadrlar tayyorlashdagi beqiyos xizmatlari keng yoritilgan. Unda Ibrohim Mo‘minovning nafaqat faylasuf olim, balki yuksak ma’naviyatli murabbiy, tashkilotchi va jonkuyar ustoz sifatidagi faoliyati ilmiy manbalar va xotiralar asosida tahlil qilinadi. Maqolada Mo‘minovning falsafa, tarix, huquqshunoslik, filologiya va sharqshunoslik sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi tashabbuslari, Fanlar akademiyasi tizimida yangi ilmiy bo‘lim va institutlar tashkil etishdagi rahbarlik faoliyati ochib berilgan. Shuningdek, uning rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va yuzlab fan nomzodlari yetishib chiqqani, milliy o‘zbek falsafa maktabining shakllanishi va rivojida tutgan o‘rni asoslab beriladi. Maqolada Ibrohim Mo‘minovning murakkab sovet mafkurasi sharoitida milliy tarix va ma’naviy merosni asrab-avaylash, xususan Amir Temur va temuriylar davrini ilmiy jihatdan xolis tadqiq etish yo‘lidagi jasorati alohida ta’kidlanadi. Umuman, maqola akademik Ibrohim Mo‘minov merosining bugungi mustaqil O‘zbekiston ilm-fani va ma’naviy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib beradi.

300
30.01.2026

UMURTQALARARO DISK CHURRASINING XUSUSIYATLARI VA SABABLARI

Ushbu maqolada eng keng tarqalgan umurtqa pog'onasi kasalliklaridan biri bo'lgan umurtqalararo disk churrasining xususiyatlari va asosiy sabablari ko'rib chiqiladi. Unda umurtqalararo disklarning anatomik va fiziologik xususiyatlari, degenerativ o'zgarishlar mexanizmlari va churra joylashgan joyga qarab kasallikning klinik ko'rinishlari tasvirlangan. Alohida e'tibor harakatsiz turmush tarzi, ortiqcha vazn, irsiy moyillik, nosog'lom odatlar va kasbiy stress kabi xavf omillariga qaratiladi. Jarrohlik aralashuvining oldini olish uchun erta tashxis qo'yish va o'z vaqtida konservativ davolanishning muhimligi ta'kidlangan.

293
29.01.2026

JALOLIDDIN TABATABOIYNING “SHOHJAHONNOMA” ASARIDA BOBURIYLAR DARVI TARIXINING YORITILISHI

Boburiylar davri manbalari jahon tarixining durdona asarlari hisoblanadi. Mintaqamiz tarixini Yevropa va dunyoning boshqa hududlariga yoyishda ushbu asarlarning o‘rni katta. Shunday tarixiy asarlarda biri Jaloliddin Tabataboiyning “Shohjahonnoma” asari hisoblanadi. Ushbu maqolada asarda Boburiylar sulolasi tarixining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi.

339
29.01.2026

ABDURAHMON IBN XALDUNNING IJTIMOIY-FALSAFIY KONSЕPSIYASINING FUNDAMENTAL ASOSLARI TAHLILI

Mazkur maqolada islom tafakkurining yirik vakili Abdurahmon ibn Xaldunning ijtimoiy falsafiy qarashlarida jamiyatning iqtisodiy sohasi muhokama qilingan. “Asabiyya” katеgoriyasi Xaldunning ijtimoiy falsafiy qarashlarida muhim ahamiyatga ega. Mutafakkir “Asabiyya” katеgoriyasining jamiyat rivojlanishidagi oʻrnini mеhnat taqsimoti bilan izohlagan. Shuningdеk, uning jamiyatni barqaror rivojlantirish borasidagi qimmatli fikrlari taqdim etilgan.

229
29.01.2026

BOBURIYLAR SALTANATI TARIXINI YORITISHDA MUHAMMAD TOHIR INOYATXON “SHOHJAHONNOMA”SINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Muhammad Tohir Inoyatxon shaxsi, uning “Shohjahonnoma” asarida Hindistonda hukmronlik qilgan Boburiylar saltanati tarixining yoritilishi (XVII asr), asarning sulola tarixini o‘rganishdagi ahamiyati, voqealarni Podshohnoma turkumiga kiruvchi boshqa asarlarda kelgan ma’lumotlar bilan solishtirish, asarning mazmuni tahlil etilgan.

320
29.01.2026

KORPORATIV MUAMMOLARNI HAL QILISHNING UMUM E'TIROF ETILGAN USULLARI: AKADEMIK TAHLIL

Korporativ qiyinchiliklar biznesni boshqarishda, ayniqsa, cheklangan miqdordagi aktsiyadorlarga ega kompaniyalarda va teng mulkchilik tuzilmalari qaror qabul qilishda qiyinchiliklar tug'diradigan sherikliklarda jiddiy muammo hisoblanadi. Ushbu maqolada akademik tadqiqotlar va turli yurisdiktsiyalarning huquqiy asoslariga tayanib, korporativ qiyinchiliklarni hal qilishning xalqaro miqyosda tan olingan usullari ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda shartnoma mexanizmlari (shu jumladan, o'zaro nazorat bandlari, sotib olish-sotish shartnomalari va hal qiluvchi ovoz berish tartibi) va nizolarni hal qilishning muqobil usullari (vositachilik, arbitraj va gibrid yondashuvlar) tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, aktsiyadorlar shartnomalariga qiyinchiliklarni hal qilish qoidalarini oldindan kiritish sud xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va biznesning uzluksizligini ta'minlaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, o'zaro nazorat mexanizmlari, axborot assimetriyasi va moliyaviy tafovutlarni hisobga olgan holda to'g'ri ishlab chiqilganda, samarali yechimlarni taklif qiladi, vositachilik va arbitraj esa davom etayotgan biznes munosabatlarini saqlab qolishga qodir moslashuvchan alternativalarni taqdim etadi. Ushbu maqola qiyinchiliklarni hal qilish mexanizmlarining samaradorligi bo'yicha empirik dalillarni sintez qilish va biznes egalari, huquqshunoslar va siyosatchilar uchun amaliy tavsiyalar berish orqali korporativ boshqaruv adabiyotiga hissa qo'shadi.

300
07.01.2026

“QUTADG‘U BILIG” DAGI XALQ MAQOLLARINING TURK TILIGA LEKSIK TRANSFORMATSIYASI

Ushbu ilmiy maqola “Qutadg‘u bilig” asarida berilgan maqollarning turk tilidagi leksik transformatsiyasi o‘rganilgan. Asardagi leksik transformatsiya jarayoni, tilning rivojlanish jarayonini tushunishga yordam beradi. Bu jarayonni o‘rganish, tilshunoslarga tilning tarixiy rivojlanishini, leksik birliklarning o‘zgarishini va madaniy ta’sirlarni aniqlashda yordam beradi. Leksik transformatsiyalar tilni boyitadi va uning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi.

337
07.01.2026

DIALOGIK ALOQANING LINGVISTIK-KOGNITIV JIHATLARI

Ushbu maqolada dialogik kommunikatsiyaning lingvistik va kognitiv jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot dialogik nutqni inson tafakkuri, bilim tuzilmalari va kontekstual omillar bilan uzviy bog‘liq hodisa sifatida ko‘rib chiqadi. Dialog jarayonida nutq ishtirokchilarining kognitiv faoliyati, presuppozitsiya, implikatura, nutq aktlari hamda pragmatik ma’no shakllanishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada kognitiv lingvistika doirasida dialogik muloqotni o‘rganishning nazariy asoslari yoritilib, dialogni interaktiv va dinamik jarayon sifatida talqin qilish asoslanadi. Tadqiqot natijalari dialogik diskursni chuqurroq anglashga hamda lingvistik-pragmatik tahlillarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

327
30.12.2025

O'ZBEKISTONDAGI TURIST OQIMLARINI TUSHUNISH: MINTAQAVIY TURIZM DINAMIKASIGA BOSHLANG'ICH MARKAZ-MANZIL YONDASHUVI

Ushbu tadqiqot O'zbekiston misolida sayyohlarning kelib chiqish mamlakatlari ularning manzil tanlashlariga qanday ta'sir qilishini o'rganadi. Ma'lumotlar 673 nafar xorijiy sayyohdan Google Form orqali to'plangan. Sayyohlarning kelib chiqishi va manzillar o'rtasidagi bog'liqlikni baholash uchun xi-kvadrat shartlilik testi qo'llanildi. Tahlil kelib chiqish va manzil tanlash o'rtasida kuchli va statistik jihatdan ahamiyatli bog'liqlikni aniqladi. Ushbu topilmalar shuni ko'rsatadiki, sayyohlarning kelib chiqishi manzil afzalliklarini mazmunli ravishda shakllantiradi va O'zbekistonda maqsadli turizmni rejalashtirish zarurligini ta'kidlaydi.

268
25.12.2025

QORAXONIYLAR DAVLATINING ETNIK SHAKLLANISHI

Ushbu maqolada X asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda tashkil topgan Qoraxoniylar davlatining tashkil topish jarayoni, siyosiy va etno-geosiyosiy omillar kesimida ko‘rib chiqiladi. Unda qarluq, chigil va yag‘mo kabi turkiy qabilalarning birlashuv jarayonlari ochib beriladi. Qoraxoniylar sulolasi tarixini o‘rganish O‘zbekiston tarixnavisligida hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Zero, Qoraxoniylar hukmronligi davrida turkiy o‘zbek xalqi to‘la shakllandi, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlandi.

401
25.12.2025

O‘ZBEKISTON SSRNING XO‘JALIGI, AHOLISI VA TABIIY GEOGRAFIYASI

Ushbu maqolada Sovet Oʻzbekistonining xo‘jaligi, aholisi va tabiiy geografik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada Oʻzbekiston SSRning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari, iqlimi hamda hududiy tuzilishi haqida umumiy ma’lumot beriladi. Shuningdek, respublika aholisi sonining o‘sishi, milliy tarkibi, shahar va qishloqlarda aholi zichligining farqlari yoritiladi. Asosiy e’tibor Sovet davrida shakllangan xo‘jalik tizimiga, xususan, paxtachilik, sug‘oriladigan dehqonchilik, sanoatlashuv va transport infratuzilmasining rivojlanishiga qaratilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonning keyingi davrlardagi iqtisodiy va demografik jarayonlarini anglashda muhim ahamiyatga ega.

378
24.12.2025