XALQARO HUQUQIY TA’LIM STANDARTLARI VA ULARNING MILLIY TA’LIM TIZIMIGA TATBIQI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Mazkur ilmiy ishda zamonaviy ta’lim jarayonlarini xalqaro me’yor va ko‘rsatkichlar asosida rivojlantirish hamda ularni mahalliy sharoitga moslashtirish masalalari tahlil qilinadi. Jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan huquqiy ta’lim yondashuvlari, jumladan, o‘quv dasturlarini kompetensiyaga asoslangan tarzda shakllantirish, akademik erkinlikni kengaytirish va ta’lim sifati monitoringini mustahkamlash mexanizmlari ilmiy jihatdan o‘rganilib, ular mahalliy ta’lim siyosatidagi islohotlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shu bilan birga, milliy huquqiy tizimni global standartlarga moslashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari va bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning nazariy asoslari sifatida xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohasidagi hujjatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va milliy qonunchilik talablari tahlil etilgan. Natijada, ta’lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali huquqiy sohada yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishning konseptual yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.

38
18.10.2025

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA TALABALARDA MILLIY QADRIYATLAR TARIXINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH HOLATI

Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatishning ahamiyati, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha metodik takliflar yoritilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida metodikani takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

303
29.04.2025

YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM VA ILM SOHALARI RIVOJLANISHNING YANGI DAVRIDAGI MUHIM ASOSLARI

Muallif o’z maqolasida O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida so’z yuritib, mavzuni ochib berishga harakat qilgan. So’nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog’cha tarbiyalanuvchilari, o’quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o’rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

565
29.04.2023