IDROK, XOTIRA VA FIKRLASHNING NUTQ RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Maqolada inson nutqini idrok etish jarayoni va uning eshitish hamda xotira mexanizmlari bilan uzviy bogʻliqligi nazariy jihatdan yoritib beriladi. Nutqni anglashda mantiqiy urgʻu, soʻzlar tartibi, sintaksik tuzilish va xotirada mavjud modellar bilan taqqoslash jarayoni muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanadi. Shu bilan birga, nutqiy faoliyatning motivatsiya, rejalash, amalga oshirish va nazorat bosqichlari haqida A.A. Leontyev, I.A. Zimnyaya kabi olimlarning nazariyalari tahlil etiladi. Maktabgacha taʼlim yoshida idrokning rivojlanishi fikrlash bilan uzviy bogʻliq boʻlib, u bolalarning tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirish qobiliyatlarini shakllantiradi. Bolalar nutqini oʻstirish jarayonida Ye.I. Tixeeva, B.V. Belyayev kabi olimlar qarashlari asosida nutq va aqliy rivojlanishning birgalikda kechishi ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, bolalarning yosh xususiyatlariga koʻra nutqning bosqichma-bosqich rivojlanishi – lugʻat boyligining ortishi, grammatik tuzilishlarni oʻzlashtirish, sintaksik modellarni qoʻllash jarayonlari keng yoritiladi. Maqolada bola nutqining ijtimoiy muhitda, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot jarayonida rivojlanishi, oila va maktabgacha taʼlim muassasasi sharoitida nutq koʻnikmalarini takomillashtirishning ahamiyati koʻrsatiladi. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshda nutqni rivojlantirish bolaning umumiy psixik kamoloti va taʼlim jarayonidagi muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi omil boʻlib, chet tillarni oʻzlashtirish qobiliyatini rivojlantirishda ham muhim poydevor hisoblanadi.

105
26.11.2025

BUGUN YURTIMIZDA OLIY TA’LIM SOHASIDA OLG‘ALANGAN ISLOLOKORLIKLAR: MUAMMOLAR VA YECHIMLARI

Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muammolari va yechimlari tahlil etilgan. Shuningdek, ta’lim tizimini takomillashtirish va uning sifatini oshirish bo‘yicha katta xorijiy tajriba o‘rganildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida mamlakatimiz ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

463
09.02.2025

ABU NASR FOROBIYNING ILMIY-FALSAFIY MEROSINING BUGUNGI BARKAMOL SHAXS TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiyning ilmiy-falsafiy merosining bugungi barkamol shaxs tarbiyalashdagi ahamiyati hamda Forobiyning hayoti ilmiy-falsafiy qarashlarida inson aql-zakovatini birlamchi oʻringa qoʻyganligi, allomaning insonni anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlari haqidagi qarashlari, shuningdek, uning madaniy va ijtimoiy faoliyatining biologik asoslarini oʻz ichiga oladi. Forobiy inson, uning dunyo tarqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni sifada etirofi, uning asarlarida insonga tarbiya va taʼlim berish zarurligi kabi masalalar taxlil etilgan.

482
09.02.2025