O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FRANKOFON DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI VA DAVLAT SIYOSATI

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi va Frankofoniya mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy munosabatlarning tarixiy evolyutsiyasi va davlat siyosati yoritilgan. Unda ikki tomonlama madaniy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy bosqichlari ko‘rib chiqilib, o‘zaro g‘oyalar, an’analar va qadriyatlar almashinuvi yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekistonning fransuzzabon davlatlar bilan madaniy diplomatiyani mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarini o‘rganadi, asosiy e’tibor ta’lim, san’at, merosni saqlash va til sohasidagi hamkorlik kabi sohalarga qaratiladi. Bundan tashqari, maqolada xalqaro tashkilotlar va madaniy shartnomalarning ushbu aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Ushbu munosabatlarning O‘zbekistonning global madaniy mavjudligiga ta’sirini tahlil qilib, maqolada madaniy diplomatiya xalqaro hamkorlik va o‘zaro tushunish vositasi sifatidagi muhimligi ta’kidlangan.

111
09.02.2025

TASVIRIY SAN’AT YO’NALISHI TALABALARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY OQIMLARNING O‘RNI

Maqolada rangtasvir yo‘nalishi talabalarini rangtasvirchi rassom sifatida o‘rgatishda Tasviriy san`atda ananaviy va zamonaviy uslublar tanlov fanidan milliy sanʼatimizning ananaviy va zamonaviy uslublarini o’qitishga moʻljallangan boʻlib unda uslublarning tarixi va mazmuni va qanday ishlash jarayonini kichik boshlang’ich tajribalar o‘tkazilishi va o‘rganilishi haqida ma’lumotlar berildi.

360
21.06.2024

MIRMUHSIN MIRSAIDOVNING “ILON O’CHI” ASARINING FALSAFIY TAHLILI

Mazkur maqolada o’zbek she’riyati va nasrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri, sermahsul ijodkor Mirmuhsin Mirsaidovning “Ilon o’chi” asari falsafiy tahlil etilgan. Mirmuhsin serqirra ijodkor sifatida o’zining bir qancha qiziqarli asarlari bilan o’zbek adabiyotiga salmoqli hissa qo’shgan yozuvchi sifatida ulug’lanib kelinmoqda.

320
10.05.2024

MASNU’ SO’ZLAR JILVASI VA JOZIBASI

Havola qilinayotgan maqolada mumtoz lirika va epik poeziyada poetik so’zning o’rni va ularning timsol yaratishdagi mavqeyi yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan. Ayrim namunalar orqali poetik so’zning emotsional-ekspressivlik darajasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, Boburning ayrim baytlari, masnu’ she’rlaridan bittasi tahlil qilinishi o’laroq, tahlil davomida aytilgan fikrlardan masnu’ she’rlarda so’zlarning shakliy jilvasi hamda mazmuniy jozibasi yuqori darajada bo’lishi dalillangan.

535
07.02.2024