Ushbu maqolada axborot – kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan davrda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy muloqot jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha tahlil qilinadi. Muallif virtual dunyoga qaramlikning bolalar nutqi, dunyoqarashi va o‘zaro insoniy munosabatlariga salbiy ta`sirini falsafiy va pedagogik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi. Shuningdek , maqola texnologik taraqqiyot sharoitida o‘quvchilarning jonli muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qayta tiklash va raqamli qurilmalarda foydalanish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari suriladi.