O‘ZBEK TILI TIBBIY ELEKTRON LUG‘ATLARI AMALIY LEKSIKOGRAFIK RIVOJLANISHINING YANGI BOSQICHI SIFATIDA

Ushbu maqolada tibbiy terminologik lug‘atlarning elektron shaklga o‘tishi va bu jarayonning o‘zbek tilidagi amaliy leksikografiya rivojiga ta’siri o‘rganilgan. Elektron lug‘atlarning afzalliklari, jumladan tezkor qidiruv, yangilanish imkoniyati, multimedia bilan boyitilish kabi jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda elektron tibbiy lug‘atlarning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan.

149
14.09.2025

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ZAMON KATEGORIYASINING OG‘ZAKI IFODALANISHI

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi zamon kategoriyasining og‘zaki ifodalanishi tahlil qilinadi. Maqolada ingliz tilida zamonlar yordamchi fe’llar orqali, o‘zbek tilida esa qo‘shimchalar yordamida ifodalanishi haqida so‘z yuritiladi. Ingliz tilida zamonlar simple, continuous, perfect va perfect continuous shakllari orqali ifodalansa, o‘zbek tilida zamonlar faqat qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi. Shuningdek, maqolada har ikki tilda zamon kategoriyasining o‘xshashliklari va farqlari ko‘rsatiladi. O‘zbek va ingliz tillaridagi zamon tizimining o‘rganilishi talabalarga tilni o‘rganishda muhim yordam beradi.

253
23.06.2025

O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada o'zbek tili grammatikasini o’rgatishda qo'llaniladigan interfaol metodlar, ularning samaradorligi va istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbek tilini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning dolzarbligi, ularning o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi, muloqot madaniyatini shakllantirishdagi hamda til ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol yondashuvlar o‘qituvchining asosiy vositasiga aylanmoqda.

299
14.05.2025