CHET TILLARNI O'RGANISHDA ZAMONAVIY USUL VA METODOLOGIYA (INGLIZ TILI MISOLIDA)

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari, o‘qituvchining o‘z ustidagi faoliyati, mas’uliyat hissi, chet tilini o‘qitish metodikasi, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar turlari, ulardan foydalanish, shuningdek, ushbu sohadagi muammolar va yechimlar ko‘rib chiqiladi.

141
09.02.2025

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GASTRONOMIC ATAMALAR TADQIQI

Ushbu tadqiqot ingliz va o’zbek tillaridagi gastronomic terminologiyaning lingvistik va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Unda oziq-ovqat an’analari, qadriyatlar va hayot tarzi, qanday aks etishini tahlil qilib, gastronomik ifodalarni shakllantirishdagi madaniy kontekstning o’ziga xos jihatlariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot palov va somsa kabi o’zbek taomlarini pie va pudding kabi ingliz taomlari bilan qiyoslaydi hamda lingvistik va madaniy farqlarni ko’rsatadi. Shuningdek, globallashuvning ikki til orasidagi oshxona atamalarining almashinuvida qanday rol o’ynashi o’rganiladi. Topilmalar madaniyatlararo muloqotni tushunishga va oziq –ovqatning o’zaro hurmatni rivojlantirishdagi ahamiyatni ochib beradi.

157
16.01.2025

POSTMODERN JAMIYATDA BAG'RIKENGLIK PRINSİPLARINING TRANSFORMASIYASI.

Ushbu maqola postmodern jamiyat kontekstida tolerantlik deformatsiyasi fenomenini o'rganadi. Maqolada bag'rikenglik kontseptsiyasining buzilishiga olib keladigan asosiy omillar, jumladan, qiymat relativizmi, axborotning haddan tashqari yuklanishi, globallashuv va haddan tashqari siyosiy to'g'rilik ko'rib chiqiladi. Tolerantlik deformatsiyasining psevdotolerantlik, selektiv va agressiv tolerantlik kabi turli ko'rinishlari tahlil qilinadi. Maqolada muammoning murakkabligi va ko'p qirraliligini ko'rsatadigan keng ko'lamli nazariy ishlar va empirik tadqiqotlar o'rin olgan. Alohida e'tibor jamiyat uchun tolerantlik deformatsiyasining oqibatlariga, jumladan, ijtimoiy tarqoqlikka, axloqiy me'yorlarning emirilishiga va keskinlikning kuchayishiga qaratiladi. Xulosa qilib aytganda, ta'lim, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va ochiq muloqot uchun platformalar yaratish asosida muammoning mumkin bo'lgan echimlari taklif etiladi. Maqolada chinakam o‘zaro tushunish va farqlarni hurmat qilishga erishish uchun zamonaviy dunyoda bag‘rikenglik tushunchasini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlangan.

238
31.08.2024