ICHKI YONUV DVIGATELLI FOYDALANISHDAGI AVTOMASHINALARNI TYUNINGLI GIBRIDLASHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Ichki yonuv dvigatelida harakatlanadigan avtomashinalar O‘zbekiston sharoitida 2023-yil statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra 3,2 milliondan ortiqni tashkil qiladi. Ulardan 74% qismi tabiiy siqilgan gaz yonilg‘isida harakatlanadi, 24 foizi benzinda va 2% qismi elektr va boshqa alternative yonilg‘ida harakatlanadi. Foydalanishdagi avtomashinalarni tyuningli gibridlashtirish uchun potensial xaridorlar benzin yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomashinalar bo‘lib, qo‘shimcha ravishda tabiiy siqilgan gaz yoqilg‘isida harakatlanuvchi avtomashina vositalarida ham tyuningli gibridlashtirish iqtisodiy samaradorligini ko‘rib chiqish mumkin.

169
06.11.2023