Olmosh so‘z turkumini o‘rganishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuv hisoblanadi. Ushbu maqolada olmoshlarni o‘rgatishda interaktiv va o‘yinlashgan metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini oshirish maqsadida o‘yin elementlari qo‘llanilgan bo‘lib, bu bilimlarni samarali o‘zlashtirishga yordam bergani kuzatildi. Ta’limiy o‘yinlar orqali grammatik qoidalarni mustahkamlash va mavzuga ijodiy yondashuvni shakllantirish imkoniyatlari ochib berildi.