POSTMODERN JAMIYATINI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA UNDAGI DEFORMATSIYA JARAYONLARI.

Ushbu maqolada postmodern jamiyatning asosiy xususiyatlari, jumladan uning paydo bo'lishi, o'zgarishlarning mohiyati va bu o'zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatlari tahlil qilinadi. Postmodern jamiyatning quyidagi asosiy belgilariga e'tibor qaratiladi: axborot jamiyati, individualizm, xilma-xillik, parchalanish, voqelikning nisbiyligini qabul qilish, an'anaviy tizim va qurilmalarni rad etish. Bu o‘zgarishlarning zamonaviy jamiyatga ta’siri va ularning kelajak istiqbollari haqida ham fikr-mulohazalar berilgan.

194
17.11.2024

YANGI O‘ZBEKISTON UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYAT SIFATIDA ALLOMALAR MEROSINING O‘RNI

Maqolada Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalashda milliy qadriyat sifatida allomalar merosining o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv sharoitida yoshlar ongida milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlamay turib, ta’lim-tarbiya jarayonlarida samarali natijaga erishish qiyin. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda avvalo, ularni ma’naviy qiyofasini, axloqiy tarbiyasini mustahkamlash lozimdir. Bu hamisha faoliyatimizning eng muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

156
02.11.2024