ORALIQ KANAL ORQALI BOGʻLANGAN NASOS STANSIYALARIDA AGREGATLARNI ISHGA TUSHIRISH NAVBATINI NOSTATSIONAR OQIM MODELI ASOSIDA ASOSLASH

Maqolada M-3-1 va M-3-2 nasos stansiyalarini bogʻlovchi 5 km uzunlikdagi oraliq kanalda agregatlar yoqilganda va toʻxtaganda yuzaga keladigan nostatsionar oqim Sen-Venan tenglamalari bilan modellashtirilgan. M-3-1 da agregat yoqilgandan keyin M-3-2 agregatini yoqishning optimal kechikishi chuqurlik 2,0-3,0 m va gʻadir-budurlik 0,025-0,035 boʻlganda 17-58 daqiqa ekanligi, uni ikki barqaror sath egri chizigʻi orasidagi hajm boʻyicha 5 % gacha aniqlikda hisoblash mumkinligi koʻrsatilgan. Agregatlar bir vaqtda yoqilganda M-3-2 avankamerasidagi sath 0,15-0,51 m ga pasayadi.

2
22.11.2026