MАVLONO JАLOLIDDIN RUMIY HАYOTI: IBRАT VА HIKMАT KOʻZGUSI

Ushbu maqolada Sharqning buyuk mutafakkiri va shoiri, tasavvuf taʼlimotining ulugʼ namoyandasi, “Mavlaviya” tariqatining asoschisi Mavlono Jaloliddin Rumiyning hayotiga oid ayrim faktlar tarixiy va adabiy manbalar bergan maʼlumotlar asosida qayta koʻrib chiqiladi. Rumiy hayot yoʻli bilan bogʻliq baʼzi bir chalkashliklarga oydinlik kiritiladi. Jaloliddin Rumiyning buyuk ustozlari,piru komillari haqida ham soʻz boradi. Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyning Rumiy bilan uchrashuvi, Damashqda Mavlono shu shaharda Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Аrabiy bilan muloqotda boʻlganligi. Аflokiyning Mavlono bilan Shamsiddinning Shomda yuz bergan muloqoti haqida keltirgan hikoyatini bu yerda aynan keltirib oʻtilganligi koʻrsatilgan. Rumiy hayoti, ijodi va qarashlarini tahlil va tahqiq etish yoʻlida АQSh va Gʻarbiy Yevropada koʻzga koʻrinarli jiddiy ilmiy ishlar amalga oshirilgani haqida aytib oʻtilgan. Rumiyshunoslik bilan jiddiy shugʻullangan ingliz olimlaridan birinchi boʻlib Rinald Nikolson eslanishi joiz. U aslida yunon va turk tillari boʻyicha mutaxassis edi, biroq fors tiliga jiddiy mehr qoʻyganligi, qatʼiy va tinib-tinchimas saʼy-harakati bois fors tilini, soʻng arab tilini oʻrganib oldi. Mavlono gʼazallari haqiqat, zavq-shavq va jozibaga undovchi sheʼriyatning eng baland choʻqqilarida parvoz etib, uni irfon mulkining malik ush-shuarosiga aylantirdi. Аmmo bu gʼazallar shunday bir olamda sayr qiladiki, hayotning oddiy mushohadalari bilan uning orasida ancha masofa mavjud. Gʼayb va ahli shuhuddan boshqa hech kim bundan ogoh emas. Gap shundaki, “Masnaviy” birinchi navbatda ana shunday masala va tushunchalarga nazar soladi, inson hayotining mazmun-mohiyati hamda turmush tarzi bilan aloqa oʻrnatadi.

232
10.05.2024