O‘ZBEKISTON VA QO‘SHNI DAVLATLARDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA “TRANSLANGUAGING” YONDASHUVINING TAQQOSLANISHI

Mazkur maqolada O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarda boshlang‘ich ta’lim jarayonida (translanguaging) yondashuvining tatbiqi taqqosiy jihatdan tahlil qilinadi. Translanguaging – o‘quvchilar bir nechta til resurslaridan integratsiyalashgan holda foydalanib, fikr almashish, muloqot qilish va bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuv hisoblanadi. Tadqiqotda til siyosati, o‘quv dasturlari, o‘qituvchilar tayyorgarligi, darsliklar va metodik ta’minot, o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish omillari kabi mezonlar asosida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston tajribalari taqqoslanadi. Maqolada, avvalo, har bir mamlakatning davlat til siyosati va ko‘p tillilikka doir rasmiy hujjatlari o‘rganiladi. Keyin boshlang‘ich ta’lim dasturlarida ona tili va chet tillarining o‘rni, integratsiyalashgan darslarni tashkil etish imkoniyatlari va mavjud tajribalar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, til o‘tkazishga bo‘lgan munosabati hamda amaliyotdagi real qo‘llanish holatlari qiyosiy ko‘rib chiqiladi. Natijada, O‘zbekistonda translanguaging yondashuvi milliy qadriyatlarni saqlagan holda, ko‘p tillilikni rivojlantirish, kommunikativ kompetensiyani oshirish va xalqaro standartlarga yaqinlashishda muhim o‘rin tutishi aniqlanadi. Qo‘shni davlatlar tajribasi bilan taqqoslash esa mavjud muammolarni bartaraf etish va samarali metodikalarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

141
14.09.2025

MARKAZIY OSIYO VA KO‘RFAZ ARAB DAVLATLARI MADANIY ALOQALARI (O‘MON SULTONLIGI MISOLIDA)

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi aloqalar tahlil qilinadi. Ayniqsa, Ummon Sultonligining neytral tashqi siyosat strategiyasi asosida mintaqaviy hamkorlikda tutgan o‘rni alohida o‘rganiladi.

254
23.05.2025

O‘ZBEKISTON IQTISODIYoTINI 2025 YILDAGI TRANSFORMATSIYASI: O‘SISH, BARQARARLIK VA INVESTITSIYA IMKONIYATLARI

2025-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning jadal o‘sishi, ulkan xususiylashtirish tashabbuslari, qayta tiklanadigan energiya manbalariga katta sarmoya kiritilishi va strategik xalqaro sheriklik munosabatlari bilan ajralib turadigan muhim iqtisodiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ushbu maqola Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga turtki boʻlgan asosiy oʻzgarishlar, jumladan, Franklin Templeton tomonidan davlat aktivlarini boshqarish, chiqindidan energiya ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilishi va mamlakatning 2030 yilga borib yalpi ichki mahsulotini ikki baravar oshirish majburiyatini oʻrganadi. Shuningdek, tahlil Oʻzbekistonning rivojlanayotgan iqtisodiy landshaftida imkoniyatlar izlayotgan investorlar uchun tavsiyalar beradi.

592
14.05.2025