Jahon falsafa tarixida va insoniyatning tafakkur taraqqiyotida o‘z ta’siriga ega bo‘lgan ekzistensializm, ayniqsa, fransuz ekzistensial falsafasi inson erkinligi, mas’uliyat, tanlov ixtiyori, hayot va o‘lim orasidagi mavjudlik, mavjudlikning mohiyatini falsafiy tahlil etishda o‘ziga xos yondashuvi bilan ahamiyatlidir. Bunda Jan Pol Sartrning inson va uning mavjudligi muammosini falsafiy konsepsual ifodalab berishi nafaqat o‘z davrida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy inqirozni bevosita guvohi bo‘lgan jamiyat intelektuallari diqqatini jalb etdi, balki zamonaviy ijtimoiy-siyosiy muammolarni falsafiy anglashda dolzarbdir. Maqolada Jan Pol Sartrning ekzistensial falsafasining insonparvarlik jihatlari haqida mulohaza yuritiladi.