YUSUF XOS HOJIB FALSAFASIDA YETUK VA BARKAMOL AVLOD MUAMMOLARI

Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ham odamlar olamni anglashga harakat qilganlar. Borliqning mohiyatini, uni harakatlanish qonuniyatlarini o’rganishga urinib kelgan. Mifologik, diniy va ilmiy dunyoqarashning shakllanish bosqichi ma’lum bir xronologik ketma-ketlikda amalga oshmagani, ular aksariyat hollarda tarixiylik kontekstida olib qaraydigan bo’lsak, ustma-ust tushgan holda rivojlanib kelayotganiga guvoh bo’lamiz. Misol uchun, XXI asr bo’lishiga qaramasdan mifologik dunyoqarashning ayrim elementlari saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga diniy dunyoqarash ham spiralsimon rivojlangan holda, goh kuchli, goho esa nisbatan kuchsiz shaklda olamni anglashning usuli sifatida o’zini namoyon etmoqda. Falsafiy dunyoqarashning tarkibiy qismi bo’lgan olamni anglashga bo’lgan ilmiy yondashuv borasida ham juda katta o’zgarishlar yuz berib, ayrim hollarda mifologik va diniy dunyoqarash sohiblari zamonaviy ilmiy yutuqlarni o’zlarining irrasional xulosalarini dalillashda foydalanib kelmoqda. Bu jarayonlarning barchasi Yusuf Xos Hojib ijod qilgan davrdan ming yil keyin yuz berayotganini e’tiborga olsak, allomaning ma’rifatparvarlik va bilim fenomeni haqidagi qarashlari o’z davri uchun ham naqadar dolzarb va innovasion xususiyatga ega bo’lganini tushunish mumkin bo’ladi.

148
15.07.2024