SURXONDARYO VOHASIDA AN’ANAVIY OILAVIY QADRIYATLAR VA DINIY URF-ODATLARNING ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYASI

Ushbu maqolada Surxondaryo vohasida shakllangan an’anaviy oilaviy qadriyatlar va diniy urf-odatlarning tarixiy-etnografik asoslari hamda ularning zamonaviy transformatsiya jarayonlari tahlil qilingan. O‘zbek xalqining oilaviy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi, milliy urf-odatlari va islom dini ta’limotlarining oilaviy tarbiya tizimidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, globallashuv, urbanizatsiya, mehnat migratsiyasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’sirida Surxondaryo vohasidagi oilaviy qadriyatlar va diniy urf-odatlarda kuzatilayotgan o‘zgarishlar ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari oilaviy qadriyatlarning zamonaviy sharoitda ham o‘zining ma’naviy-axloqiy ahamiyatini saqlab qolayotganini hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.

172
24.07.2026

MATEMATIK MODELLASHTIRISH ASOSIDA NO-CODE DASTURLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Maqolada no-code dasturlash platformalarining iqtisodiy samaradorligi matematik modellashtirish va qiyosiy ssenariy tahlili asosida baholandi. Tadqiqotda an’anaviy va no-code ishlab chiqish usullarining boshlang‘ich xarajati, xizmat ko‘rsatish xarajati, ishlab chiqish muddati, unumdorligi, investitsiya rentabelligi (ROI), sof joriy qiymati (NPV) hamda taxminiy qoplanish muddati solishtirildi. Olti oylik hisoblash davri, 4500 AQSH dollari miqdoridagi yalpi iqtisodiy samara va 10 foizlik diskont stavkasi qabul qilindi. Natijalarga ko‘ra, no-code yechim olti oylik jami xarajatlarni 85 foizga, ishlab chiqish vaqtini esa 83,3 foizga kamaytiradi. Hisoblangan ROI an’anaviy usulda 40,6 foizni, no-code usulida 837,5 foizni tashkil etdi. NPV mos ravishda 890,9 va 3610,9 AQSH dollariga teng bo‘ldi. Natijalar no code vositalari takrorlanuvchi va standartlashtirilgan biznes jarayonlarida iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

282
01.07.2026

TRANSPORT-LOGISTIKA KORXONALARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISHNING MUAMMOLARI TAHLILI

Ushbu maqolada transport-logistika korxonalarida raqamlashtirish jarayonining asosiy muammolari kompleks tahlil qilingan. Natijalar transport-logistika sohasida raqamli transformatsiya jarayonida moliyaviy resurslar etishmasligi, zamonaviy axborot texnologiyalariga ega mutaxassislar taqchilligi, mavjud infratuzilmaning eskirganligi va ma’lumotlar xavfsizligi muammolarining ustuvorligini ko‘rsatdi.

399
01.04.2026

YANGI O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANISHIDA MODERNIZATSIYA VA TRANSFORMATSIYA TUSHUNCHALARINING MOHIYATI

Maqolada bugungi kunda jamiyatimizdagi rivojlanish, yangilanish va modernizatsiya jarayonlarining bosq ichma-boshqich amalga oshirilayotganligi, bu o‘z navbatida davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilm-fan, madaniyat va boshqa bir qator sohalarida barqaror rivojlanishning ro‘y berayotganani haqida so‘z boradi. Shuningdek, modernizatsiya va transformatsiya tushunchalarining mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilib, mahalliy va chet el olimlarining tushunchalarga bergan ta’riflariga nisbatan munosabat va fikrlar keltirib o‘tilgan.

517
28.02.2026

“QUTADG‘U BILIG” DAGI XALQ MAQOLLARINING TURK TILIGA LEKSIK TRANSFORMATSIYASI

Ushbu ilmiy maqola “Qutadg‘u bilig” asarida berilgan maqollarning turk tilidagi leksik transformatsiyasi o‘rganilgan. Asardagi leksik transformatsiya jarayoni, tilning rivojlanish jarayonini tushunishga yordam beradi. Bu jarayonni o‘rganish, tilshunoslarga tilning tarixiy rivojlanishini, leksik birliklarning o‘zgarishini va madaniy ta’sirlarni aniqlashda yordam beradi. Leksik transformatsiyalar tilni boyitadi va uning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi.

675
07.01.2026

MILLIY MЕNTALITЕTGA IJTIMOIY TRANSFORMATSIYALARNING TA’SIRI

Ushbu maqala ijtimoiy transformatsiya jarayonlarining mazmun-mohiyatini ochib berish, hamda davlat, jamiyat va shaxs hayoti, faoliyati, dunyoqarashini tub tarkibiy o‘zgarishlariga olib keluvchi jarayonlar tahliliy yoritilgan. Shuningdek, transformatsiya jarayonining milliy mentalitetiga va milliy ongi ta’siri to‘g‘risida fikr, mulohozalar bayon etilgan.

646
31.10.2025

YAQIN VA O‘RTA SHARQDAGI XALQARO MUNOSABATLAR HAMDA GEOSIYOSIY TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI

Ushbu maqolada Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasidagi xalqaro munosabatlar tizimi va u yerda yuz berayotgan geosiyosiy transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Mintaqadagi asosiy geosiyosiy kuchlar oʻrtasidagi raqobat, tashqi davlatlarning strategik manfaatlari, tabiiy resurslar uchun kurash, diniy va etnik mojarolar, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari koʻrib chiqiladi.

789
01.09.2025

AXBOROT JAMIYATIDA SHAXSIY MADANIYATNING TRANSFORMASIYASI: GLOBALlashgan Raqamli ERADA AXLOQIY MAQOMOTILAR VA identifikatsiya bo‘yicha muzokaralar.

Ushbu maqola rivojlanayotgan axborot jamiyati doirasida shaxsiy madaniyatning ko'p qirrali o'zgarishini o'rganadi. U globallashuv, raqamli texnologiyalar va vositachilik aloqasi shaxsiy o'ziga xoslikni, shaxslararo munosabatlarni va mahalliy madaniy an'analarni qanday qayta shakllantirishini tahlil qiladi. Raqamli ulanish madaniyatlararo almashinuv va global xabardorlikni osonlashtirsa-da, u madaniy bir xillashtirish, o'ziga xoslikning parchalanishi va axloqiy dilemmalar, jumladan, shaxsiy hayotning eroziyasi va madaniy o'zlashtirish kabi xavflarni keltirib chiqaradi. Zamonaviy sotsiologik va falsafiy nuqtai nazarlardan kelib chiqqan holda, tadqiqot raqamli muhitdagi madaniy o'zgarishlarning paradoksal tabiatiga urg'u beradi - o'zini namoyon qilish va xilma-xillik uchun misli ko'rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi, shu bilan birga haqiqiy madaniy uzluksizlikni buzadi. Hujjat ushbu o'zgaruvchan paradigmalarga javoban axloqiy ishtirok, raqamli savodxonlik va madaniyatni saqlash strategiyalarini tanqidiy qayta baholashni talab qiladi.

1011
15.06.2025

КИЧИК БИЗНЕС СУБЪЕКТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА РИВОЖЛАНТИРИШ ЙЎЛЛАРИ

Мақолада Ўзбекистонда кичик бизнесни рақамлаштириш жараёнлари таҳлил қилинган. Рақамли технологиялардан фойдаланишнинг назарий асослари ва амалий аҳамияти ёритилган. “Рақамли Ўзбекистон-2030” стратегияси доирасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ўрганилган. Жанубий Корея ва Сингапур каби давлатларнинг илғор тажрибалари таҳлил қилинган. Ўзбекистонда кичик бизнесни рақамлаштиришнинг ҳозирги ҳолати, эришилган ютуқлар ва мавжуд муаммолар аниқланган. Рақамли технологияларни жорий этишнинг асосий афзалликлари ва имкониятлари кўрсатилган. Кичик бизнесни рақамлаштиришни янада ривожлантириш бўйича инфратузилмавий, институционал ва молиявий таклифлар ишлаб чиқилган.

1071
13.04.2025

MAXSUS FANLARNI INTEGRATIV-MODULYAR YONDOSSHA ASOSIDA O‘QITISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI.

Ushbu mаqоlаdа mахsus fаnlаrni intеgrаtiv-mоdulli yоndаshuv аsоsidа о‘qitishning реdаgоgik shаrt-shаrоitlаri o’rganilib, Jahonda professional ta’lim jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish hamda professional ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlikning muhim qismi hisoblangan maxsus fanlarni innovatsiyon ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish masalasi faol o‘rganilmoqda

891
23.02.2025

КИЧИК БИЗНЕС СУБЪЕКТЛАРИ ФАОЛИЯТИГА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЖОРИЙ ЭТИШ

Мақолада кичик бизнес субъектлари фаолиятида инновацион технологияларни қўллашнинг долзарб масалалари тадқиқ этилган. Инновацион технологияларнинг кичик бизнес ривожланишига таъсири ва самарадорлигини ошириш йўллари кўриб чиқилган.Кичик бизнесда рақамли технологияларни қўллашнинг асосий йўналишлари - электрон савдо, CRM ва ERP тизимлари, булутли хизматлар, онлайн банкинг, автоматлаштириш тизимлари самарадорлиги асосланган. Тадқиқот натижалари асосида кичик бизнесни инновацион ривожлантириш бўйича амалий тавсиялар ишлаб чиқилган.

939
17.11.2024

ЎЗБЕКИСТОНДА ЎТИШ ДАВРИ СИЁСИЙ ВА ИЖТИМОИЙ ЖИҲАТЛАРИНИНГ АРАБ ТИЛИДАГИ ИЛМИЙ АДАБИЁТЛАРДА ЁРИТИЛИШИ

Ушбу мақолада республикамиз мустақиллигининг эълон қилиниши, давлат қурилишининг янги босқичи, фуқаролик жамияти институтларининг вужудга келиши ва маънавий қадриятларнинг тикланиши каби масалаларнинг араб тилли тадқиқотлардаги ҳолати таҳлил қилинади. XX асрнинг 90 йилларида Ўзбекистонда кузатилган ижтимоий-сиёсий ўзгаришларни хорижда ёритилишини ўрганиш орқали, Ўзбекистоннинг энг янги тарихига оид янги талқинлар, фикр ва ёндашувлар билан танишиш мумкин.

933
13.09.2024