UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA SINFLARNI KOMPLEKTLASHNING ASOSIY JIHATLARI

Ushbu maqola kam komplektli umumta’lim muassasalarida (tog‘li, cho‘lli hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari misolida) boshlang'ich sinflarni to'liq sinflarga qamrab olish, o’quv jarayonini tashkil etish hamda bunday muassasalaridagi ta’limning an'anaviy ta’limga nisbatan bir qator afzalliklari va kamchiliklarini yoritishga bag’ishlanadi.

812
10.06.2023

МЕТОДИК ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНИНИ ТАРКИБЛАШТИРИШ АСОСИДА ТАЛАБАЛАРДА КОГНИТИВ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ

Ушбу мақолада таълим тизимида кенг қўлланиладиган ўқитиш, ўрганиш, педагогик тайёргарлик, педагогик таълим каби тушунчаларга маҳаллий ва хорижий олимлар томонидан берилган қиёсий тавсифлар, шунингдек, педагогик таълимнинг таркибий функциялари, фаолиятга йўналтирилган таълим парадигмасининг аҳамияти, шахсга йўналтирилган таълимнинг асосий қоидалари, педагогик нуқтаи назардан шахсий-фаолиятли ёндашувнинг асосий хусусиятлари тўғрисида фикрлар баён қилинган ва умуман олганда, шахсий-фаолиятли ёндашув жараёнида таълимнинг асосий вазифаси ҳал этилиши, яъни, баркамол шахсни ривожлантириш учун шароитлар яратишнинг зарурлиги, маънавий, компетентли, ўз-ўзини ривожлантирувчи ижтимоий фаол шахсни юзага келтириш масаласи хусусида фикрлар келтирилган.

842
09.06.2023

O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA AN’ANAVIY VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI

Bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, amaliyot nuqtai nazaridan kasb bo’yicha maslahat berish, o’qitish mazmuni va texnologiyasi yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun bu maqola talabalar bilan kasbga yo’naltirishning yangi shakllari, usullari va vositalari haqida ma’lumot beradi. Ushbu maqola “Maktab – Universitet –Korxona" integratsiyalashgan tizimida o’quvchilar bilan kasbga yo’naltirish bo’yicha ishlarda keng ko’lamli texnologiyalar va ularning optimal kombinatsiyasini taklif etadi. Bu muammoni o’rganishda yetakchi yondashuv an’anaviy va innovatsion usullardan foydalanish zaruriyatiga olib keladigan integrativ yondashuvdir.

841
25.05.2023

O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rni masalalariga to’xtalinadi. Pedagogik faoliyat subyekti bo‘lgan o‘qituvchi shaxsiga xos psixologik xususiyatlari yoriladi.

1600
05.05.2023

YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM VA ILM SOHALARI RIVOJLANISHNING YANGI DAVRIDAGI MUHIM ASOSLARI

Muallif o’z maqolasida O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida so’z yuritib, mavzuni ochib berishga harakat qilgan. So’nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog’cha tarbiyalanuvchilari, o’quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o’rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

803
29.04.2023

O‘ZBEKISTONNING MODDIY-MADANIY MEROSI OBYEKTLARINING YUNESKO UMUMJAHON MADANIY MEROSI RO‘YXATIGA KIRITILISH TARIXI

Ushbu maqolada O’zbekistondagi moddiy madaniy meros obyektlarining YUNESKO ro’yxatiga kiritilishi tarixi yoritilgan. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar borasida xulosalar keltirilgan.

646
24.03.2023

UNIVERSITETLARDA INGLIZ TILI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI MAMULLARI.

Maqolada universitetlarda chet tillarini o'qitishning turli usullari muammolari ko'rib chiqiladi. Quyidagi usullarga alohida e'tibor qaratildi: to'g'ridan-to'g'ri usul, grammatika-tarjima, audiovizual, audiolingual va kommunikativ. Muallifning fikriga ko'ra, zamonaviy o'qitish usullari bunday usullar tizimidan foydalanishni o'z ichiga oladi, bu o'qituvchi tomonidan tayyor bilimlarni taqdim etish va ularni takrorlash uchun emas, balki tinglovchilar tomonidan bilimlarni mustaqil ravishda o'zlashtirishga qaratilgan. faol kognitiv faoliyat

1073
24.03.2023

MUHIM INVAZIV TURLARINING BIOLOGIYASI VA HAYOTIY SIKLLARI (MARKAZIY FARG‘ONA HUDUDI MISOLIDA)

Maqolada Markaziy Farg‘ona sharoitida tarqalgan muhim invaziv turlarning sabzavot-poliz ekin maydonlarida tarqalishi va biologiyasi doir ma’lumotlar keltirilgan. Markaziy Farg‘ona sharoitida tarqalgan muhim invaziv turlarning sabzavot-poliz ekin maydonlarida tarqalishi va biologiyasi o‘rganilib, fenologik kalendlarlari ishlab chiqildi. Invaziv turlardan Agriotes sputator (ekish mavsumi chertmakchisi), Leptinotarsa decemlineata (Kolorado qo‘ng‘izi), Phthorimaea operculella (kartoshka kuyasi), Tuta absoluta (pomidor kuyasi) hamda Delia platura (piyoz pashshasi)ning rivojlanishi, ko‘payishi, o‘simliklarga zarar keltirishi va rivojlanish bosqichlari tahlil etildi.

657
12.11.2022

INVAZIV HASHAROTLARNING (INSECTA) TARQALISH OMILLARI

Maqolada sabzavot-poliz agrotsenozlariga jiddiy ta’sir etuvchi invaziv zararkunanda hasharotlarning Markaziy Farg‘ona bo‘ylab tarqalishiga doir natijalar bayon etilgan. Tadqiqotlar davomida Kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata), pomidor kuyasi, тут парвонаси (Glyphodes pyloalis), (Tuta absoluta) va piyoz pashshasi (Delia platura) adventiv turlar sifatida kirib kelib, vodiyda dominantlarga aylanganligi aniqlangan.

789
12.11.2022