O‘ZBEKISTONDA BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINING KO‘RINISHI

Butun yer yuzida diniy bag‘rikenglik, diniy konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’yektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.

1308
27.12.2024

ГЛОБАЛЛАШУВ ЖАРАЁНИ ШАРОИТИДА ЁШЛАР ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШ ЙЎЛЛАРИ

Ёшлар маънавий қиёфасида содир бўлган ўзгаришлар мамлакат ичидаги сиёсий вазият барқарорлигини таъминлаш, миллий ва миллатлараро тотувликни сақлаш, инсон ҳуқуқлари ва эркинлигини ҳимоя қилиш, янги жамият барпо этишда глобаллашув жараёнининг ютуқларига таянишга қаратилган кўп қиррали фаолиятда, яқин ўтмишда камситилган миллий муаммоларни ҳал қилишда, хусусан миллий тилни, маданий-маънавий меросни, тарихий хотирани тиклашда ҳам яққол намоён бўлмоқда.

963
27.12.2024

ХАЙБАР АДАБИЙ МАКТАБИ ВАКИЛЛАРИ ИЖОДИДА АДАБИЙ АНЪАНА ВА БАДИИЙ МАҲОРАТ МАСАЛАЛАРИ

Ушбу мақолада Хайбар адабий мактаби вакиллари ижодида вазн (шеърий тизим), адабий анъана ва бадиий маҳорат масалалари таҳлилга тортилган бўлиб, таҳлил жараёнида асосий эътибор анъанавий шеърий санъатларнинг бадииятига қаратилган.

836
27.12.2024

BUGUNGI KUNDA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA ASSOTSIATIV MAYDONNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy tilshunoslikda assotsiativ maydonni o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Ma’lumki, inson borliqni til orqali anglaydi, tushunadi va his etadi. So‘zlar ongimizda muayyan guruhlarni tashkil qiladi. Ularning ma’nosini anglash uchun har bir guruh mohiyat, undagi so‘zlar voqelik, ma’nolar orqali ifodalangan bilim ekanligini tushunish lozim. Tilshunoslikda bu kabi til birliklarning shakliy yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashuviga assotsiatsiya deb qaraladi. Predmet hamda so‘z haqidagi tasavvurni bir-biridan ayro tushunish mumkin emas.

964
27.12.2024

“UCHINCHI RENESSANS – TA’LIM VA TARAQQIYOT: O‘TMISH, BUGUN VA KELAJAK”

Maqola Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda yuz bergan birinchi va ikkinchi tamaddun yoki ilmiy taraqqiyot jarayonlariga bag‘ishlanadi. Maqolada O‘rta asr Sharq allomalarining ilmiy merosi va ularning ahamiyati haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berilgan. Shuningdek tamaddun davri olimlarining ilmiy merosi, ushbu ilmiy merosning jahon ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

1022
15.12.2024

IQTISODIYOTNING GLOBALlashuvi SHARTOTIDA KIMYO SANOATI KORXONALARI FAOLIYATINI TAKMONLASH OLISH TAJRIBASI.

Maqolada kimyo sanoatidagi xorijiy tajriba o'rganiladi. Rivojlangan mamlakatlarda kimyo sanoati korxonalari faoliyati yuqori sifat standartlari, innovatsion yondashuvlar va barqaror rivojlanishga asoslangan.

880
24.11.2024

O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA UGA ZAMONAVIY TALABLAR.

Maqolada o‘zbek jamiyati, ta’lim tizimi, hokimiyat organlari, talabalar va ularning o‘qituvchilari malakasi darajasiga qo‘yiladigan asosiy talablar muammolari ochib berilgan. Tadqiqotning maqsadi - o'qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasining eng dolzarb muammolarini aniqlash, shuningdek, o'qituvchilarning psixologik ta'limidagi kamchiliklarni ko'rib chiqish va o'rganish misolida ularni hal qilish yo'llarini topish va ushbu darajadagi kompetentsiyalarni takomillashtirish, O‘zbekiston ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni joriy etish va rivojlantirish sharoitida. Muallif ushbu sohadagi asosiy muammolarni ta'kidlaydi.

1169
17.11.2024

МАШИНА-ТРАКТОР АГРЕГАТЛАРИ ТИТРАШ МАНБАЛАРИНИ ТАДҚИҚИ ВА УЛАРНИ ИДЕНТИФИКАЦИЯЛАШ

Ушбу мақолада машина-трактор агрегатлари титраш манбаларини тадқиқи, уларни магнит қисқич ва виброўлчагич ёрдамида ўлчаш, двигателнинг айланиш частотаси ва трансмиссиясининг шовқин хусусиятлари анализ қилинган.

898
02.11.2024

YOSHLAR TAFAKKUR TARZI HAMDA YOSHLAR BUNYODKORLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Yoshlar tafakkur tarzi hamda yoshlar bunyodkorlik faoliyatini shakllantirish omillariilmiy jihatdan asoslab berildi. Bugungi kunnda shaxs madaniy saviyasi shakllanishi jarayonining ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari, ijtimoiy-falsafiy jihatlari hamda bu boradagi madaniy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishning xususiyatlarini ochib berish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlat tomondan yaratib berilgan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy imkoniyatlardan foydalanib, yoshlarimiz ongiga bunyodkorlik g‘oyalarini singdirish bugungi kundagi milliy pedagogikamizning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.

1080
02.11.2024

О‘ZBЕKISTОNDА АMАLGА ОSHIRILGАN MА’NАVIY-MАDАNIY ISLОHОTLАR DINАMIKАSI VА АSОSIY YО‘NАLISHLАRI

Ushbu maqolada О‘zbеkistоndа аmаlgа оshirilgаn mа’nаviy-mаdаniy islоhоtlаr dinаmikаsi vа аsоsiy yо‘nаlishlаri tahlili hamda bugungi kundа, mа’nаviy-mаdаniy islоhоtlаrning rivоjlаnish yо‘li tо‘g‘ri yо‘l sifаtidа tаnlаngаnligi о‘zining аmаliy tаsdig‘ini tоpmоqdа. Mа’nаviy-mаdаniy yаngilаnishlаr nаtijаsidа jаmiyаtdа ijtimоiy-siyоsiy vа iqtisоdiy islоhоtlаr bаrqаrоrligini tаminlаsh asosidagi islohotlar. haqida tо‘xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.

1107
02.11.2024

YOSHLAR DUNYO QARASHINING SHAKLLANISHIGA GLOBALLASHISH JARAYONINING TA’SIRI.

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda talaba yoshlarning dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishning oldini olish masalalari muhokama qilinadi va tahlil qilinadi.

1025
02.11.2024

INGLIZ TILI DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: TAHLIL VA NATIJALAR

Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim tizimida foydalaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalar, darsning samarali bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan mazkur maqolada innovatsion texnologiyalar va ularni ingliz tili darslarida qo‘llash texnologiyalari borasida ilmiy xulosalar keltirilgan.

1179
02.11.2024